"milliy iqtisodiyot" tushunchasi bilan taqqoslash mumkin emas edi.
Endilikda O'zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi i°tisodiy rivojlanishning
qz yqlini tanlash imkoniyati yaratilishi bilan respublikada hozirgi zamon
milliy iqtisodiyoti shakllana boshlandi. Respublikada iqtisodiyotga oid bir qator qonunlar qabul qilindi: «Mulkchilik to'g'risida»,
«Korxonalar to'g'risida», «Kooperatsiyalar to'g'risida», «Ijara to'g'risida», «Tadbirkorlik to'g'risida»,
«Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida», «Chet el investitsiyalari
haqida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari to'g'risida», «Soliq solish to'g'risida» va hokazolar kabi 400
dan oshiq qonunlar qabul qilindi. 12 ta kodeks qabul qilindi. Kodeks bu sohalar bo'yicha qabul
qilingan qonunlami mujassalanishidir.
O'zbekistonda iqtisodiyotning asosini tashkil etuvchi
is hlab chiqaris h sohasiga alohida e'tibor
berildi va berilmoqda. Ushbu sohaning eng asosiy tarmog'i
sanoatning an'anaviy rivojlangan turlari - qishloq xo'jalik mashinasozligi, kimyo sanoati kabilar bilan bir qatorda mutlaqo yangi sanoat
sohalarini tashkil etish zarur bo'ldi.
O'zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri
qishloq xo'jaligi hisoblanadi. Uning
asosiy bo'g'ini bo'lgan paxtachilik eng rentabelli va xaridorgirdir. Shu sababdan, kelajakda ham
paxtachilikni rivojlantirish, uning tarmoq infrastrukturasida qulay, mos hajmini, salmog'ini aniqlash,
shuningdek tola sifatini tubdan yaxshilab, dunyo standarti darajasiga keltirish eng dolzarb muammodir.
Davlatimiz nisbatan katta hududga ega va uning geografik o'rni ham alohida xasusiyatlarga
molik.
Bu holat qurilish va trans portni ham jadal sur'atlar bilan rivojlantirish vazifasini qo'yadi.
Yalpi ishlab chiqarish maydonlarini,