26
tashqi
(geosiyosiy)
[104] imidjini ham yarata olmaydi. Chunki, bugungi globallashuv
jarayonida inson omilining tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi, ilm-fan yutuqlari
ommalashib, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan jamiyatning rivojlanishi “foni”da
“barcha imkoniyatlar faqat inson uchun” shiori ostida kechmoqda. Shunday ekan,
bu davrda xalq va davlat o‘rtasidagi murosa muvozanatiga erishish eng to‘g‘ri
yo‘ldir. Bu jarayonni tashkillashtirishning birinchi bosqichi − davlat organlari
faoliyati ustidan tizimli jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga
qaratilgan ijtimoiy-
huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi[104].
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab, mamlakatimiz
ijtimoiy hayotida
chuqur demokratik islohotlar olib borishga kirishildi. Jumladan, Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat,
fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy
mexanizmini yaratishga qaratilgan “O‘zbekiston
Respublikasida jamoatchilik
nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish fursati yetdi[10; 51-b.] deb, bu
tizimning ilmiy-metodologik asoslarini ko‘rsatib berish asnosida Islom Karimov,
jamiyat taraqqiyoti uchun jamoatchilik nazorati tizimini o‘rnatish
qay darajada
zarurat ekanligini quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan,
hayotimizda axborot erkinligini ta’minlash, davlat va boshqaruv
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot
vositalarining rolini kuchaytirish, ularni odamlarning o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir
bo‘layotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan
minbarga aylantirish bugungi kunda eng dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda[10;
188-b.].
Ikkinchidan,
eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarimizni
amalga oshirish,
aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish, davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishning samarali huquqiy mexanizmlarini yaratish borasida fuqarolik jamiyati
institutlari va davlat tuzilmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlash
bo‘yicha qonunchilikni, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalariga
alohida ehtiyoj ortib bormoqda[10; 159-b.].
27
Uchinchidan,
qonunlar loyihalari, ayniqsa,
aholining hayotiy muhim
manfaatlari, ijtimoiy huquqlariga bevosita daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari
muhokamasiga jamoatchilikni keng jalb etish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda
qonun ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil
etish mexanizmini yanada
mustahkamlashni davrning o‘zi taqozo etmoqda[12; 135-b.].
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o‘tkazilgan
qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ni qabul qilishga
bag‘ishlangan ma’ruzasida “O‘zbekiston Respublikasida
jamoatchilik nazorati
to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish borasida ilgari surgan g‘oyalari asosida, 2018 yil
12 aprelda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunni
Dostları ilə paylaş: