34
quvvatlash orqali jamoatchilik va parlament mas’uliyatini ta’minlashi,
zarurat
tug‘ilganda asosli qarshilik bildirishi huquqiga ega ekanligi;
− jamoatchilik palatasi milliy siyosiy munozaralarning muhim markazi
hisoblanishi, “jamoatchilik fikrini” hukumatga ta’sir
etish imkoniyati sezilarli
darajada ekanligi;
− qonun chiqaruvchilar yakka tartibda va birgalikda jamoatchilikni tashvishga
solayotgan masalalarni va fuqarolarning shikoyatlarini ochib berish va e’lon qilishga
intilishi, ham ko‘pchilik, ham ozchilikning
fikrlarini samarali ifoda etilishi va jamoat
manfaatlarini hisobga olgan holda konsensus ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi;
− yangi qonunlarni tayyorlashda qonun chiqaruvchi organ hukumat
konsultatsiyalarini nazorat qilishi va qonun chiqarishdan
oldin samarali nazoratni
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy
(xalq fikri)
tizim oldidagi hisobdorligini his etilishi;
− qonun chiqaruvchilar siyosatining tatbiq etilishida muntazam va ta’sirchan
tarzda jamoatchilik nazoratida bo‘lishi, ular tomonidan tekshirilishi, davlat
xizmatlari va siyosatni taqdim etish samaradorligida jamoatchilik nazorati o‘rnini
doimiy sezilib[89] turilishi − Buyuk Britaniya
qirolligi siyosatida xalq
manfaatlarining jamiyat ijtimoiy hayotidagi o‘rnini belgilab bermoqda.
Dostları ilə paylaş: