Rossiya Federatsiyasi
hukumati oldida davlatda fuqarolik jamiyatini
shakllantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholiga munosib shart-sharoitlar
yaratish, jamoatchilik institutlari faoliyatini rivojlantirish, jamoatchilik fikrini
o‘rganish hamda uning nazorat qilish mexanizmining zamonaviy elementlarini
ishlab chiqishdek og‘ir vazifasi turibdi. Chunki, boshqaruvdagi “avtoritarizm”
elementlarining mustahkamligi, asrlar osha o‘zidan “kuchsiz” davlatlarga nisbatan
“totalitaristik” munosabatning ustuvorlashib kelishi natijasi, nafaqat Rossiyaning
tashqi geosiyosatida, balki, ichki siyosatida ham ko‘plab islohotlarni olib borishni
talab etmoqda. Masalan, rossiyalik olima Olga Nikolayevnaning “Контроль
общества над государством” nomli Dissertatsiyasida keltirib o‘tilishicha,
jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish uchun:
ijtimoiy barqarorlik
(kuchli
hukumat,
yagona
izchil
huquqiy
tizim,
qonunga
hurmat,
barqaror
iqtisodiyot);
ijtimoiy muvozanat
(jamiyatdagi tabaqalanishni tan olish, ijtimoiy
35
himoyalanmagan
qatlamlarni
ta’minlash,
hududiy
yaxlitlikni
saqlash,
jinoyatchilikka qarshi kurash)
;
rivojlangan fuqarolik jamiyati
(siyosiy plyuralizm,
bozor iqtisodiyoti, aholi mentalitetining o‘zgarishi, ijtimoiy faol shaxs)
ni qaror
toptirish, Rossiya hukumati hal etishi zarur bo‘lgan asosiy omillar hisoblanadi[64].
Chunki bularsiz mamlakatda barqaror jamoatchilik nazoratini o‘rnatib bo‘lmaydi.
Shuning uchun quyidagi muammolarga alohida e’tiborni qaratishi kerakligi
ekspertlar tomonidan aytilmoqda:
− jamoatchilik nazorati ishtirokchilari tarkibi va uning shakllari bo‘yicha
markaziy avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini yaratish;
− davlat tashkilotlari amalga oshiriladigan vazifalarini jamoatchilik asosida
nazoratini amalga oshirish bo‘yicha asosiy muvofiqlashtiruvchi organ sifatida
Rossiya federasiyasi jamoatchilik palatasining pozitsiyasini mustahkamlash;
− jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan holat va
salbiy jarayonlar to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot olish tizimini o‘rnatish;
− jamiyatning davlat ustidan nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishga
aholining keng qatlamlarini jalb etish[60] va hok.
Albatta bu davlat hukumati tomonidan keyingi yillardagi amalga
oshirilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bir qatorda,
ijtimoiy nazorat tizimini, shu jumladan, jamiyatning yangi nazorat funksiyalarini
yaratish va amaldagilarni kuchaytirish orqali takomillashtirish, ular faoliyatining
muhim yo‘nalishlari, turlari va shakllarini rivojlantirish, ularning huquqlarini
himoya qilish uchun zaruratini ko‘rsatuvchi ijtimoiy huquqiy elementlarni
oshirishga qaratilgan ishlar ham qilinmoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi
qonunchiligida belgilangan tartibda jamoat birlashmalari huquqni muhofaza qilish
organlari ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirish huquqiga ega ekanligi
to‘g‘risidagi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga kiritilgan qo‘shimcha va
o‘zgarishlar[96], fikrimizga misoldir.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga jamoatchilik nazorati yangi tushuncha
sifatida kirib kelmadi, ya’ni davlatchiligimiz tarixiga e’tibor bersak, “jamoatchilik
nazorati” tushunchasi qay darajada qadimiy ildizga ega ekanligi ko‘rinadi. Ammo,
36
ushbu fenomenni bugungi islohotlarimizdagi ahamiyatini aniqlash, uni rivojlantirish
chora-tadbirini yaratish ahamiyatlidir. Boshqacha aytganda, jamoatchilik fikrida
shakllangan qarashlar tizimiga aniqlik kiritish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida
jamoatchilik nazoratiga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rsatuvchi qanday tabiiy qarash
mavjud? Bu kabi savollarga quyidagicha munosabat bildirish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |