Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


I.3§ Jamoatchilik nazoratini asoslovchi ilmiy-nazariy konsepsiyalar



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

I.3§ Jamoatchilik nazoratini asoslovchi ilmiy-nazariy konsepsiyalar 
klassifikatsiyasi. 
Jamoatchilik 
nazorati 
– jamiyat hayotida kechayotgan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi “drayver” bo‘lib, u doimiy jamoatchilik e’tiborini 
o‘ziga jalb etib kelgan[104]. Uni amalga oshiruvchi institutsional tizim 
samaradorligiga erishish yo‘llarini topish, rivojlantirish jamiyatda fikr shaffofligi, 
ijtimoiy munosabatlar ochiqligini ta’minlash uchun asos bo‘ladi. Shu sababdan, 
jamoatchilik nazorati qudratini baholovchi ta’limotlar ustida ilmiy tadqiqotlar olib 
borilmoqda va bu jarayon hanuz davom etmoqda. Chunki, jamoatchilik nazorati 
fenomeniga ilmiy falsafiy yondashuv orqali, uning jamiyat hayotini yanada 
demokratlashtirish imkoniyatlarini ochish mumkin bo‘ladi. Zero har qanday 
davlatda fuqarolik jamiyati va demokratiya darajasining muhim belgilaridan biri 
davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning haqiqiy amaliy ishtiroki[32; 3-b.], ya’ni 
jamoatchilik nazorati qay darajada o‘rnatilganligida ko‘rinadi. 
Insoniyat tarixida fuqarolik jamiyati qurishning birlamchi asosi bo‘lgan 
jamoatchilik nazorati fenomenining mazmun-mohiyatini tushunish, uni harakatga 
keltiruvchi mexanizmlar samaradorligini topish, unga ta’sir etuvchi omillar 
darajasini kamaytirish, undan xalq va davlat manfaatlarini bog‘lovchi konstruktiv 
asos sifatida foydalanish konsepsiyasini yaratish 
(nisbatan universal)
borasida 
ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, quyida ushbu konsepsiyalarning 
ayrimlarida ilgari surilgan g‘oyalarning ilmiy falsafiy mohiyatini davrlashtirish 
asnosida izohlab o‘tamiz: 


38 
Birinchi davr.
Qadimgi Xitoy faylasuflarining qarashlari bo‘yicha davlat 
ishlarida adolat mezoni o‘rnatilsa, xalq fikri inobatga olinsagina jamoatchilik 
nazoratining kurtaklari yuzaga kelishi mumkin. Bu borada Lao Szi
(eramizdan 
avvalgi 579-499 yillar)ning qarashlari bo‘yicha adolatli davlat boshqaruvining 
barqaror, mustahkam asosi jamoatchilik fikrida namoyon bo‘ladi hamda davlat 
ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish orqali hukmdor xalq ishonchini 
qozonishi mumkinligi keltirib o‘tiladi. Uning nuqtayi nazari bo‘yicha, jamoatchilik 
nazorati – mamlakatni adolatli boshqarishning asosi[52; 23-s.] hisoblanadi. 
Xitoy faylasuflaridan Konfutsiy (miloddan avvalgi 551-479 yillar) ham davlat 
boshqaruvida barqarorlik, tinch va farovon hayot garovi bo‘lgan “davlat boshqaruvi 
mezonlari”ga alohida to‘xtalib, o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarini ilgari surgan 
mutafakkirlardan biri hisoblanadi. 
Konfutsiy ta’limoti bo‘yicha jamoatchilik fikri ustun bo‘lgan, jamoatchilik 
nazorati o‘rnatilgan davlatni boshqarish, hukmdorga faqat qulaylik va yurt 
tinchligini saqlab turish imkoniyatini beradi. Faylasuf ushbu qarashlarini shunday 
bayon etadi. Ya’ni Konfutsiy hukmdor va xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni 
shunday qiyoslaydi: podshoh misli bir chavandoz bo‘lsa, amaldorlar va qonunlar 
yugan va jilov, fuqarolar esa otdir. Otni yengil boshqarmoq uchun uni puxta 
yuganlamoq va jilovni to‘g‘ri boshqarmoq lozimdir. Shuning bilan birga otlarning 
kuchini bir-biriga muvofiqlashtirib, ortda qolganlarini nazorat qilmoq joizdir. Ana 
shu shartlarga amal qilgan chavandoz ovoz chiqarmasa, niqtalamasa ham otlar o‘z-
o‘zidan chopib ketaveradi[24; 18-b.]. Darhaqiqat, xalq davlat qonunlariga amal 
qilishi uchun, avvalo bu qonunlar xalq manfaatlariga mos kelishi, davlat 
organlarining o‘zi esa, ushbu qonunlarga qay darajada amal qilayotganligida 
belgilanadi. 
Qadimgi Xitoy faylasuflaridan Men Szi (miloddan avvalgi 372-289 yillar) 
jamoatchilik nazoratini ta’minlashning o‘ziga xos tizimini taklif qiladi. Uning 
qarashlari bo‘yicha “fuqarolarni kuch bilan bo‘ysunishga majbur etish mumkin. 
Ammo qalblarini bo‘ysundirib bo‘lmaydi. Odamlar davlat kuch jihatidan ustun 
bo‘lgani bois bo‘ysunishdan o‘zga iloj topolmaydilar. Ezgulik va olijanoblik 


39 
vositasida fuqarolarni bo‘ysundirish esa qalblarda quvonch tuyg‘ularini uyg‘otadi 
va odamlar haqiqiy itoatgo‘ylikni namoyish etadilar”[24; 59-b.] deb, hukmdor doim 
xalq fikrini inobatga olishi kerakligini o‘qtiradi. Men Szi ilgari surgan konsepsiyada 
hukmdor davlatni muvaffaqiyatli boshqarishi uchun quyidagi tamoyillarga rioya 
etishi shart: 
− ezgulik va olijanoblikka tayanish;
− fuqarolarni doimiy mulk bilan ta’minlash;
− donishmandlarni hurmatlash va qobiliyat egalaridan foydalana bilish;
− soliq va o‘lponlarni kamaytirish;
− fuqarodan foydalanish, ammo uni bajarayotgan ishidan chalg‘itmaslik; 
− fuqaroning ko‘nglini olmoqlik; 
− xalqni qadrlay bilish; 
− hurmatli kishilarga e’tibor ko‘rsatish; 
− inson tabiatidagi ezgulikning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
− fuqaroni ezgulikka yo‘llash; 
− boy berilgan narsalarni idrok orqali izlash; 
− adolatni yodda tutmoqlik[24; 60-61-b.]. 
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (miloddan avvalgi 427-347 yillar) o‘zining 
“Davlat”, “Qonun”, “Siyosat”, “Qonundan keyingi davr” kabi asarlarida 
jamoatchilik nazoratining ijtimoiy mexanizmini ko‘rsatishga harakat qiladi. U 
“haqiqiy va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga kelmaguncha yoxud 
hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga 
ko‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi”[24; 44-b.] deb, 
davlat ishlarini yuritishda yoki boshqaruvchi “odil xalq” singari fikrlaydigan 
darajaga yetmaguncha 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin