Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Birinchidan,
jamoatchilik nazoratining samaradorligi uning kadrlar bilan 
ta’minlanishiga, ya’ni jamiyat hayoti uchun zarur turli yo‘nalishlar bo‘yicha 
ekspertlarning maqsadli jalb qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu mutaxassislar davlat 
boshqaruvining turli sohalarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish 
imkoniyatlarida kasbiy bilimlarini o‘tkazish, ya’ni ommalashtirish vazifasini hal 
qilishda asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatmoqda. 
Ikkinchidan,
jamoatchilik nazorati o‘z tarkibiga mavjud ijtimoiy vaziyatning 
tanqidiy tahlilini kiritgan holda korrupsiya, mansabdorlik vakolatlarini suiiste’mol 
qilinishini aniqlash va boshqalarni obyektiv baholashda davlat boshqaruvi 
jarayonlarini tushunib olish uchun zarur bo‘lgan bilimlar va malaka yo‘llarini ishlab 
chiqishda zamonaviy demokratiyaning axborot aloqalari maydonini yuzaga 
keltirishi 
tufayli, 
mamlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
islohotchiligimizda 
“jamoatchilik nazorati” tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. 
Uchinchidan,
jamoatchilik nazoratining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari 
samaradorligi ko‘p jihatdan fuqarolik institutlari faoliyati muvofiqligiga bog‘liqligi 
sababli, ular faolligini oshirishga qaratilgan davlat islohotchiligini tashkiliy-huquqiy 
jihatdan takomillashtirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarining normativ-
huquqiy hujjatlarni hayotga joriy qilishga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 
To‘rtinchidan,
jamoatchilik nazoratining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari 
drayverlari hisoblangan fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ularni davlat bilan 
ijtimoiy-huquqiy aloqasini kuchaytirish asnosida – fuqarolarni davlat islohotlariga 
bo‘lgan pozitiv munosabatida onglilik darajasini qaror toptirish mumkin. Bugun 
kurinib qolayotgan asosiy muammo shundaki, hanuz jamoatchilik nazoratini olib 
boruvchi subyektiv institutsional tizim samaradorligi sezilarli darajada ishlay 


37 
olmayotganligi, bu sohani rivojlantirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning 
ko‘pligini ko‘rsatmoqda. 
Beshinchidan,
jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyekt ta’sirini 
mustahkamlash zarur. Chunki, fuqarolar ishtiroki orqali – xalq va davlat o‘rtasida 
samarali aloqa ta’minlanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, jamiyat va davlat 
manfaatlariga javob beradigan amaliy ishlarning “drayveri” hisoblangan ijtimoiy 
tizim samaradorligini oshiruvchi islohotlarni jamiyat tashabbusini kutib turibdi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin