23
Izoh:
davlat organlari faoliyati ustidan ijtimoiy nazorat olib borishga
yo‘naltirilgan subyektlar xolislik va beg‘arazlik tamoyiligi amal qilmasa, bunday
nazoratdan davlatga ham, jamiyatga ham foyda kelmaydi[104]. Aksincha,
individualistik manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi. Shu sababli, jamoat
birlashmalari tomonidan olib boriladigan nazorat o‘zining xolisligi bilan ahamiyatli
hisoblanadi. Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda dunyo ilmiy jamoatchiligi
tomonidan davlat organlari tomonidan olib boriladigan nazoratning xarakteri haqida
ham o‘ziga xos fikrlar bildirilayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, keyingi
paytlarda xorij adabiyotlarida nazoratning xolisligini, obyektivligini ta’minlash hal
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, nazorat alohida uch hokimiyat
tarmog‘idan mustaqil bo‘lgan nazorat hokimiyati tomonidan amalga oshirilishi
kerak, shundagina nazorat samarali va xolis bo‘ladi, degan fikrlar shakllanmoqda va
ilgari surilmoqda[20; 111-b.].
−
jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;
Izoh:
keyingi vaqtlarda davlat boshqaruvida xalq ishonchini kiritish tizimini
rivojlantirish, boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
kuchaytirish, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad − xalq roziligiga erishish kabi
tamoyillarga alohida e’tibor berilmoqda[104]. Albatta bu tabiiy holdir. Chunki,
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish – davlat organlari faoliyatida qonuniylikni
ta’minlashning ishonchli mexanizmi hisoblanadi. Ammo, masalaning murakkabligi
shundaki, jamoatchilik nazorati natijasida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning
haqchilligini ta’minlash muammosi ham mavjuddir. Shu bois, biron-bir olingan
ma’lumotni to‘g‘ri deb baholash uchun u kamida uch manba tomonidan to‘la
tasdiqlanishi zarur[13]. Bu nimani anglatadi? javobi shuki, jamoatchilik nazoratini
olib boruvchi institutsional tizim subyektlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar
bazasi − axborotning realligi va ta’sirchanligini oshishiga xizmat qiladi.
−
Dostları ilə paylaş: