Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

(mansabdor shaxs)
o‘z faoliyati 
ustidan − fuqarolar istiqomat qiluvchi eng quyi bo‘g‘in bo‘lgan mahalla kesimida 
ham, kuchli jamoatchilik nazorati o‘rnatilganligini his etishiga erishish mumkin. 
ikkinchidan,
uzoq yillardan buyon mahallalarda yig‘ilib kelayotgan, ammo 
hanuz yechimi topilmayotgan ijtimoiy muammolarning qonuniy va tez fursatda hal 


68 
etish yo‘llari ochiladi. Masalan, bugungi kunda mahalladagi muammoni yoritish 
uchun OAVni jalb etish yoki deputatni kelishiga erishishning o‘zi bir muammo 
(biri 
kelsa, ikkinchisi kelmaydi) 
hisoblanadi. Ular kelganda ham asosiy muammo qolib, 
rasmiyatchilik 
(rasmga tushish, bayonnoma tuzish, xalq bilan uchrashuvlar tashkil 
etish va hok.)
bilan ovora bo‘lib, kunning asosiy qismini “bekorchi” amallar bilan 
o‘tkazishadi. Demak, ularning doimiy ish joyi belgilansa va ishlash tartibini 
belgilovchi ishchi rejasi ishlab chiqilsa, mahalladagi muammolarga konstruktiv 
munosabat bildirish mexanizmi yaratiladi.
uchichidan,
ko‘p hollarda oddiy xalq u yoqda tursin, ziyoli kishilar ham 
mamlakatimizda jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi institutsional tizim 
(jamoatchilik 
tashkilotlari)
mavjudligini, ularning vazifasi nimadan iborat ekanligini bilishmaydi. 
Chunki, ularning aksariyati asosiy ishi qolib, davlat organlari yig‘inlarida ishtirok 
etish, kerak bo‘lsa – davlat organlari buyurtmachisi vazifasini o‘taydi. Aksincha, 
aslida ular – xalq manfaatlarini himoya qiluvchi, ya’ni xalq buyurtmasini bajaruvchi 
tashkilotlar hisoblanadi. Har holda rivojlangan davlatlarda bu tizim shunday 
funksiyani bajaradi. Shu sababli, “mahalla-OAV-deputat- jamoatchilik fikrini 
o‘rganuvchi institutlar” faoliyatini muvofiqlashtirish orqali jamiyat manfaatlarini 
qondirish mumkin.
Davlat organlari faoliyati ustidan tizimli va samarali jamoatchilik nazoratini 
ta’minlash, uning barqarorligiga xizmat etuvchi mexanizmlarning huquqiy asosini 
yaratish, mavjudlarini yanada rivojlantirish masalasi o‘z dolzarbligini saqlab 
qolmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: bugungi kunda dunyo qonunchiligida 
fuqarolik jamiyati institutlariga jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatini 
beruvchi qanday imkoniyatlar yaratilgan? 
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik nazorati, 
birinchidan,
faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni jamoatchilik 
nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va 
erkinliklarini hurmat qilishga va uni himoya qilishga da’vat qiladi[36; 43-53-s.], Shu 
orqali davlat tuzilmalarining barcha bo‘g‘inlarida takomillashuv yuzaga keladi. 


69 
Ikkinchidan,
jamoatchilik nazorati orqali mansabdor shaxslarning javobgarligi va 
mas’ulligi oshadi. 
Uchinchidan,
jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-
mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi ortadi[99]. 
To‘rtinchidan,
jamoatchilikning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi orqali davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari o‘z faoliyatlarini yanada samarali tashkil etish imkoniyati 
yaratiladi. 
Beshinchidan,
jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashini his qilgan vakolatli 
davlat organlari fuqarolardan, fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushgan taklif 
va mulohazalar asosida mamlakatda izchil islohotlarni amalga oshirish[28; 13-14-
b.] imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham jahon ilm fanida jamoatchilik fikri 
va nazoratiga, uning institutsional tizimiga alohida e’tibor beriladi. Zero 
jamoatchilik fikri inobatga olingan, davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan 
samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan jamiyatda – demokratiya qaror topadi. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasining 
“Об основах общественного контроля в 
Российской Федерации” (21 июля 2014 года Н 212-ФЗ) 
federal
 
qonunida 
jamoatchilik nazorati deganda − davlat hokimiyati organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, davlat va munitsipal tashkilotlar, federal qonunlarga muvofiq 
muayyan davlat vakolatlarini amalga oshiradigan boshqa organlar va tashkilotlar 
faoliyatini monitoring qilish maqsadida amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati 
subyektlari faoliyati tushuniladi deb, belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Federal 
qonunda: 
− jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish maqsadida 
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; 
− Rossiya Federatsiyasi fuqarolari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda 
shaxsan ham, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari 
tarkibida ham ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi; 
− jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamoatchilik 
nazorati, jamoatchilik muhokamasi kabi jamoatchilik nazorati shakllarining 
tashkilotchilari bo‘lishi, ular jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok 
etishi mumkin; 


70 
− jamoatchilik nazoratini olib borish mexanizmlari sifatida: jamoatchilik 
nazorati, jamoatchilik tekshiruvi, jamoatchilik ekspertizasi, shuningdek, Federal 
qonunga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat 
organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlari 
muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi[87] −deb, ko‘rsatilgan.
Janubiy Afrika hukumati qonunchiligida jamoatchilik nazoratining huquqiy 
asoslari quyidagicha mustahkamlangan: 
− demokratiyaning haqiqiy sharti parlament hukumatning xalq oldida 
javobgarligini ta’minlash darajasi. Bu hukumat harakatlari ustidan doimiy nazoratni 
(monitoringni) saqlab turish orqali amalga oshiriladi; 
− parlament va uning qo‘mitalariga guvohlik berish yoki hujjatlar taqdim etish 
uchun har qanday shaxs yoki muassasani chaqirish hamda ularga hisobot berish 
majburiyatini yuklash; 
− davlatning milliy darajadagi barcha ijro etuvchi organlarining unga 
(jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega institutlarga)
javob berishi 
majburiyatini hamda milliy davlat hokimiyati organlarining amalga oshirilishi va 
qonun hujjatlarining amalda bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini 
samaradorligini oshirishiga shart-sharoit yaratishda jarayonida ko‘rinadi. 
Shuningdek, Janubiy Afrika qonunchiligida ko‘rsatilganidek, jamoatchilik 
nazoratini olib boruvchi subyektiv institutlar faoliyati asosan davlat organlarining 
qonunlarni amalga oshirishdagi mas’uliyati, ularning byudjetlarni taqsimlashdagi 
ishtiroki, parlament qonunlari va Konstitutsiyaga qat’iy rioya qilishi hamda davlat 
idoralarini samarali boshqarish mexanizmi ustidan nazorat olib borishga[85] 
qaratilgan. 
Amerika qonunchiligida jamoatchilik nazorati organlari faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi, ularning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi quyidagi 
qoidalar ishlab chiqilgan: 
− faol fuqarolik nazorati shaffofligini oshirish orqali hukumatning barcha 
darajalarida javobgarlikni kuchaytirishga erishish; 


71 
− davlat organlarini jamoatchilik qarshisida hisobot berish tizimini joriy etish, 
ularning faoliyati monitoringini (moliyaviy hisoblar, samaradorlik ko‘rsatkichlari va 
ochiq yozuvlar va boshqalar) yuritish; 
− fuqarolar maslahat kengashlari tomonidan fuqarolarning davlat nazoratiga 
jalb etilishining yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishini 
nazorat qilish; 
− hukumat nazoratining davlat boshqaruvidagi faoliyati ustidan fuqarolar 
qo‘mitalari, jamoat hay’atlari, jamoatchilik ishtiroki kabi nazorat bo‘g‘inlaridan 
foydalangan holda ta’sir o‘tkazish[46; 90-94-r.] (shu orqali ularni o‘z vazifasidan 
chalg‘imasligiga erishish) va boshqalar. 
Davlat organlari faoliyati ustidan nazorat, ya’ni davlat organlari o‘zlariga 
yuklatilgan vazifalarni qay darajada bajarilayotganligini, ular tomonidan 
jamiyatning demokratik tamoyillariga, inson huquqlari va erkinliklariga, 
fuqarolarning manfaatlariga rioya etilish borasidagi hatti-harakatlariga[104] 
nisbatan olib borilayotgan jamoatchilik nazoratining huquqiy mexanizmlarini 
yaratish borasida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida quyidagi 
normativ hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda: 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin