81
imkoniyatlari, nodavlat notijorat maqomidagi ommaviy axborot vositalariga
nisbatan yuqori mavqeda bo‘ladi.
XX asrga kelib media axborot maydonining kengayishi, insonlar hayotiga
ijtimoiy tarmoqlar, virtual olamini
(onlayn OAV, internet)
kirib kelishi natijasida,
OAVning jamoatchilik fikriga ta’sir etish doirasida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lib,
jamoatchilik nazoratini olib borish jihatidan ham boshqa institutsional tizimlardan
o‘zib ketdi. Ammo axborot xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarga ishonchli axborot
yetkazish, keng jamoatchilik auditoriyasiga ega bo‘lgan onlayn OAV saytlaridagi
beqarorlik, dezinformatsion ma’lumotlarning “filtrlanmasdan ijtimoiy muomilaga
chiqarilishi” elektron OAVga bo‘lgan jamoatchilik fikri passivlashishiga ham olib
kelmoqda. Aynan shu holatdan foydalangan ayrim hukumat vakillarining – OAV
shaffofligini to‘sishga urinishi ham kuzatilmoqda. Masalan, 2022 yil fevral oyida
boshlangan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli voqealarni yoritib boruvchi va
shu orqali jamoatchilik fikrini Rossiya hukumat rahbarlari faoliyatiga nisbatan
shakllantirib kelayotgan OAV faoliyatini cheklovchi taqiq ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: