94
aloqadorlikni ta’minlash zaruratini ko‘rsatadi. Chunki, jamoatchilik nazoratini olib
borish vakolatiga ega bo‘lgan institutsional tizimda funksional integratsiya bo‘lmas
ekan, bu
yo‘nalishda ishlab chiqilgan qonunlar qog‘ozda, harakatlar
“xo‘jako‘rsinga”, natijalar statistik ma’lumotlar uchun xizmat etishdan boshqasiga
yaramaydi.
Boshqacha aytganda, “...har qanday jamiyatda ham demokratiya qay
darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular xalqning qarorlar
qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi,
hukumat qarorlari xalq
tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda
qanchalik ishtirok etishidir”[6; 229-b.].
Jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim integratsiyasi,
ularning funksional vazifalariga bog‘liq bo‘lib, maqsad va manfaatlar o‘rtasidagi
moslik,
ular faoliyatini
(jamoatchilik institutlarini)
ijtimoiy-huquqiy jihatdan
kafolatlash hamda
turkumlashtirish imkoniyatini beradi[104]. Shu sababli, biz
avvalo jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyekt va institutlarning vazifalari,
ijtimoiy burchi, huquq va majburiyatlariga to‘xtalib o‘tishni joiz topdik.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
− fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini
amalga oshirishda boshqa
shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga
putur yetkazmasliklari shart (20-modda);
− har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga
aralashishdan
himoyalanish
va
turar
joyi
daxlsizligi
huquqiga
ega.
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar
joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan
kechirishi, yozishmalar va
telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas (27-modda);
− har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan
axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy
tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan
boshqa cheklashlar
bundan mustasnodir (29-modda);
− O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari
va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor
95
bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini
yaratib berishi lozim (30-modda);
− O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish
va davlat
organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li
bilan amalga oshiriladi (32-modda);
− har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat
organlariga, muassasalariga
yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan
murojaat qilish huquqiga ega (35-modda)
[1]
.
Dostları ilə paylaş: