Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Birinchidan,
jamoatchilik nazorati turlari va amalga oshiruvchi subyektlar 
faoliyati, uni harakatga keltiruvchi ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari ta’sirchanligini 
ta’minlash uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini aniq belgilovchi 
normalarni ishlab chiqish va amaliyotgan tadbiq etish mexanizmlarini joriy etish 
kerak. Chunki, jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega institutlarning 
huquqiy maqomini qonuniyligi ta’minlanmas ekan, davlat organlari faoliyatini 
nazorat qilish tizimi samarali kechmaydi. 
Ikkinchidan,
jamiyatning ijtimoiy hayotida davlat organlari faoliyatining 
ochiqligini ta’minlash, ularning qonun doirasidan chiqmasligini nazorat qilishga 
qaratilgan ijtimoiy, huquqiy jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish 
tizimini doimiy takomillashtirib borish, uning normativ-huquqiy va metodologik 
asoslarini ishlab chiqish hamda jamoatchilik institutlari amaliyotiga singdirish 
hanuz o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. 
Uchinchidan,
O‘zbekistonda boshqaruv tizimini ixchamlashtirish orqali 
“Kuchli davlatdan − kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasini amalga oshirish 
mumkin. Chunki, oddiy va barqaror boshqaruv shakli – xalq manfaatlariga 
moslashishi, kerak bo‘lsa integratsiyalashuvi tadrijiy kechadi. Shu sababli, davlat 


90 
organlarining faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini ta’minlashning 
ijtimoiy-huquqiy mexanizmlariga ehtiyoj oshib bormoqda. 
To‘rtinchidan,
Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida inson sha’ni va 
qadr-qimmati ta’minlanib, uning munosib hayot kechirishi uchun shart-sharoit 
yaratish, unga jamiyat boshqaruvida ishtirok etish huquqi va erkinligini berish, 
shaxsga o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish, davlat organlari faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyekt sifatidagi ijtimoiy 
huquqlarini mustahkamlash zarur. 
Beshinchidan,
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirish bo‘yicha rivojlangan davlatlarda ikki usul ommalashgan, ya’ni 
davlat organlari faoliyati ustidan bevosita yoki bilvosita jamoatchilik nazoratini 
o‘rnatish tizimi mavjud. Bu tizimda jamoa tomonidan bildirilayotgan individual 
fikrlarga 
(Petitsiyalar – fuqarolarning davlat yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish 
organlariga shaxsiy yoki jamoaviy murojaatlaridir)
alohida urg‘u beriladi. Sharq 
mamlakatlari, xususan O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini tashkillashtirishda 
ko‘proq korporativlik xususiyatlari mavjudligini ko‘rish mumkin. Masalan, OAV, 
siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘z-o‘zini boshqaruvchi mahalla 
va hokazolarning faoliyati fikrimizga misoldir.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin