III-BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI TA’SIR KUCHINI OSHIRUVCHI IJTIMOIY-HUQUQIY MEXANIZMLARNI DEMOKRATLASHTIRISH TAMOYILLARI Dissertatsiyaning uchinchi bobida dunyoda, xususan mamlakatimizda huquqiy-
demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonini jamoatchilik nazorati imkoniyatlaridan
unumli foydalanishsiz adolatli, xalqparvar jamiyatni barpo etib bo‘lmasligi, bu yo‘lda jahon
tajribasini inobatga olgan holda jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatini yangi bosqichga
ko‘tarish zarurati, ayniqsa, milliy qonunchiligimizda ishlab chiqilayotgan jamoatchilik
nazoratiga
oid
normativ-huquqiy
hujjatlarning
ijtimoiy-huquqiy
tomonlarini
takomillashtirishga alohida urg‘u berish zarurati asoslangan. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot
natijalari “Jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim faoliyatini
ijtimoiy-huquqiy kafolatlash va turkumlashtirish tamoyillari”, “Jamoatchilik
nazorati ta’sir kuchini baholashning matematik mezonlari”, “Jamoatchilik nazoratini
demokratik tamoyillar asosida rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari” nomli
paragraflarda o‘z aksini topgan.
Ishning ushbu qismida aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha
o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lmish mahalla imkoniyatlari orqali kuchli
jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish mumkin. Buning uchun, xalq bilan davlat
o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” vazifasini o‘tovchi mahallaning huquqiy maqomidan
kelib chiqqan holda quyidagi ijtimoiy-huquqiy “yacheykalarini” takomillashtirish
zarurligi ta’kidlanib, uning qator vazifalari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ushbu
bobning ikkinchi qismida “Jamoatchilik nazorati ta’sir kuchini baholashning
matematik mezonlari” ishlab chiqilgan hamda tavsiyalar ko‘rsatilgan.
Bobning uchinchi paragrafida Jamoatchilik nazoratini demokratik tamoyillar
asosida rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatilib, uning yangi O‘zbekistonning kelgusi
taraqqiyotidagi istiqbollari ijtimoiy-falsafiy asoslab berilgan.