Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Nodavlat notijorat tashkilotlari 
(jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan 
ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy 
maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari 
(a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir)
:
 
− tadbirkorlik subyektlari, xalqaro va xorijiy tuzilmalar hamda davlat 
organlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish; 
− fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarini amalga oshirish uchun 
ularga qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; 
− mamlakatda demokratik jarayonlarni barqaror rivojlantirish va ilgari 
surishda fuqarolar hamda hamkorlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish; 
− fuqaro huquqlari shuningdek qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda sohani tartibga 
soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; 
− ijtimoiy hayotning turli masalalariga taalluqli tashabbuslar bilan chiqish, 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish; 
− davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish
[82]
huquqiga ega hisoblanadi. 
Ommaviy axborot vositalari
(gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, 
byulletenlar, elektron OAV, televideniye, radio, video, kinoxronikal dasturlar, 
Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar):
− qonunchilikka muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan 
foydalanish, uni saqlash huquqiga ega hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi 
va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgardir; 


97 
− davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot 
olishga doir so‘rov bilan ularga og‘zaki yoki yozma shaklda (shu jumladan elektron 
hujjat shaklida) murojaat etish; 
− davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot 
olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish; 
− 
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, 
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb 
takliflar ishlab chiqish;
− 
davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy 
hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda 
o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish[82] orqali ommaviy axborot vositalari – 
jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi “lokomotiv” darajasiga ko‘tarilmoqda. Zero 
axborot erkinligini ta’minlash, davlat va boshqaruv organlari faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining rolini 
kuchayishi birinchidan, odamlarning o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan 
voqea-hodisalarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga 
aylantirish[10; 188-b.] bo‘lsa, ikkinchidan OAV orqali jamoatchilik nazorati 
diapazonini oshirishdir.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin