Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

(o‘z fikri va 
qarashlariga ega xalq)
qatlamini shakllantirish oson kechmadi. O‘zbekistonning 
birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining qo‘shma 
majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida mazkur 
muammo xususida to‘xtalib, “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan 
qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini 
amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan 
“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qabul 
qilish fursati yetdi”
[10; 51-b.]
, deb ta’kidlashida katta ma’no bor edi. Ammo 
obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra bu qonunni ishlab chiqish va hayotga tadbiq 
etish ishlari sust kechdi. Shu sababli, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida to‘g‘ri tanqid qilganidek, “...bugungi kunga qadar 
davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagan. Bu esa nodavlat notijorat 
tashkilotlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini xolisona 
baholashga xalaqit bermoqda
[28; 6-b.]

2018 yil 12 aprelda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni 
(O‘RQ-474-son) 
qabul qilindi. Umuman olganda ushbu qonun 
va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida bugungi kunda mamlakatimizda 
jamoatchilik nazoratining qanday huquqiy mexanizmlari yaratilmoqda va ularni 
ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyati darajasi qanday kechmoqda? Bu kabi savollarga 
atroflicha to‘xtalish, mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
− O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida “O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda 
o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini 


84 
o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda 
tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik 
nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi”[1; 13-b.] 
− deb, belgilab qo‘yilgan. 
− O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi 
qonunining 3-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga 
olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik 
nazorati subyektlaridir. Jamoatchilik nazorati − jamoatchilik kengashlari, 
komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan qonunchilikka 
muvofiq amalga oshirilishi mumkin”[82] deyilgan. 
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, 
shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida “Aholini jamoat va davlat 
ishlarini boshqarishga faol jalb etish, fuqarolarning huquqiy madaniyati va yuridik 
savodxonligini oshirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, tegishli sohalarda davlat 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda”[82], jamoatchilik nazoratidan 
samarali foydalanish ko‘rsatilgan. 
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va 
tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik 
nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
farmonida “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, 
axborot 
olish 
erkinligini 
ta’minlash 
orqali 
jamoatchilik 
nazoratini 
takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”[82] keltirib o‘tilgan. 
− “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor 
shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ular organlarining qarorlarini, davlat 
dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda 


85 
funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Parlament 
nazorati to‘g‘risida”[82]gi qonuni – nafaqat jamoatchilik nazoratining huquqiy 
mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qildi, balki, ularning ijtimoiy mavqeini 
ham oshirdi. 
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun 
ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda 
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarorida “Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini 
kuchaytirish, qonun ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda 
jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish”[82]ning tartib qoidalari 
ishlab chiqilgan. 
− O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari 
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuning 10-moddasida “Nodavlat notijorat 
tashkilotlari davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida 
yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega”[82] ekanligi 
belgilab qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida jamoatchilik nazoratini olib borish huquqiga 
ega bo‘lgan nodavlat notijorat institutining huquqiy mexanizmlarini yanada 
mustahkamlaydi. 
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari huzurida 
jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori 
“Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat va jamiyat 
o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlari 
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning mustahkam 
mexanizmlarini rivojlantirish, ular faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, fuqarolik 
jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash”[82]ning huquqiy 
mexanizmlari ishlab chiqilgan. 
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha 


86 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining jamiyatdagi o‘rni hamda rolini kuchaytirish, ularning aholi kundalik 
muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi 
mavqeini mustahkamlanishi”[82], ya’ni, uning huquqiy mexanizmini belgilab 
qo‘yilishi, jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega institutsional tizim 
elementlarini jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va mavqeini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, bugungi globallashuv davrida jamoatchilik nazoratining 
nafaqat huquqiy mexanizmlari rivojlanmoqda, balki, ularning subyektiv elementlari 
ham taraqqiy etib bormoqda. Xususan, Gʻarb mamlakatlarida jamoatchilik nazorati, 
uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari birmuncha yuqori bosqichlarda ketmoqda.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin