78
qurshab turgan olamga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi oshmoqda. Buning natijasida,
“davlat ishlariga aralashma” yoki “siyosatga aralashma” kabi aqidalar o‘rniga, “xalq
davlat
idoralariga emas, aksincha, davlat idoralari xalqqa xizmat etishi kerak”
tamoyili qaror topmoqda[104].
Umuman olganda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati
mexanizmining yuzaga kelishi
birinchidan,
nodavlat notijorat tashkilotlari hamda
fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishning barcha turlarida nodavlat
notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligini
ko‘rishimiz mumkin[104].
Ikkinchidan,
har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o‘zining
hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va
muammolarni dadillik bilan ko‘tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun
jamoatchilik fikrini shakllantirishga[80], davlat organlari faoliyati ustidan kuchli
jamoatchilik nazoratini olib borishga yo‘naltirilgan
ommaviy axborot vositalari
funksiyalarining oshib borishi “fonida” OAV –
“To‘rtinchi hokimiyat”
maqomiga
ega bo‘lib bormoqda.
Uchinchidan,
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizimning
huquqiy mavqeini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilikning rivojlanishi
natijasida
(masalan, 2018 yilda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni qabul qilindi)
, jamoat birlashmalari, ya’ni o‘zini o‘zi
boshqarish organlari,
siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, kasaba uyushmalari,
ijtimoiy fondlar, Federatsiyalar, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining
faoliyatida erkinlik, adolatlilik, shaffoflik, xalqparvarlik
kabi prinsiplarning
birmuncha oshganligida ko‘rishimiz mumkin[82]. Ammo hanuz fuqarolik jamiyati
institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish
tizimida “siz nima deysiz” qabilida ish yuritish nuqsonlari uchrab turmoqda. Albatta,
ularning bunday illatlardan forig‘ bo‘lishiga, o‘z faoliyatini, kasbini vijdonan
bajarib, xalq
(jamiyat)
manfaatlarini “tor doira” qarashlaridan ustun qo‘yishiga
79
to‘siq bo‘lib kelayotgan omillar mavjud. Masalan, bularga quyidagilarni kiritish
mumkin:
− sansolarlik, byurokratik to‘siqlar. Bu jarayonni
yuzaga keltiruvchi asosiy
muammolarning birinchisi – siyosiy sohaning jamiyat hayotining boshqa
jabhalaridagi o‘zgarishlardan, yangilanishlardan ortda qolib ketishi bilan belgilansa,
ikkinchisi − fuqarolik jamiyatining rivojlanish holati, siyosiy elitaning umumiy
darajasi va sotsiumning siyosiy madaniyati demokratik islohotlar shiddatiga tayyor
emasligi bilan o‘lchanadi[31; 21-b.];
− davlat organlari tomonidan jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslarning
ishonchli vakillarini qabul qilish tartibini “qiyinligi”, ya’ni xonalariga fuqarolar
hech qanday to‘siqsiz kirib chiqishlari uchun shart-sharoitlarning yetarli emasligi;
− fuqarolarning
huquqiy erkinliklari, va qonuniy manfaatlari buzilishi,
fuqarolarning qonunda belgilangan huquq va erkinliklarini amalga oshirilishiga turli
to‘siqlar qo‘yilishi, insonga qonunga xilof ravishda biron-bir majburiyat yuklatilishi
yoki u qonunga xilof ravishda javobgarlikka tortilishiga olib kelgan davlat organlari
va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarining buzilishi,
shuningdek, ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishda byurokratik va
sovuqqonlik[32; 8-b.] munosabatida bo‘lishi;
− shuningdek, jamoatchilik nazorati subyektlarining bir tomondan, nisbatan
faolsizligi, ikkinchi tomondan, aholi keng qatlamlari
ongida jamiyat huquqiy
taraqqiyotining tizimli hamda maqsadga muvofiq rivojlanishiga jiddiy xavf
tug‘diruvchi hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksalishiga to‘siq
bo‘luvchi salbiy hodisalarning mavjudligi, masalan − huquqiy nigilizmning[32;
233-b.] mavjudligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Yuqorida keltirib o‘tilgan bunday salbiy illatlarga qarshi
Dostları ilə paylaş: