Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Uchinchidan,
samarali jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish, uni amalga 
oshiruvchi ijtimoiy mexanizmlarning huquqiy maqomini mustahkamlash, bu 
yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi institutsional tizim rivojiga ko‘maklashish 
maqsadida 2018 yil 4 iyulda “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari 
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-3837-son) O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorni qabul qilishdan maqsad: 
− mamlakatimizda mustaqil fuqarolik institutlarini rivojlantirish va 
mustahkamlash, ularning erkin faoliyati kafolatlarini ta’minlash, davlat 
organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning ochiq, 
shaffof va oshkora faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, davlat organlari faoliyati 
ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda; 


129 
− davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligini amalga oshirishning 
huquqiy mexanizmlari yaratishda; 
− davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashning huquqiy asoslari 
shakllantirishda; 
− jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi tubdan 
isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining qonunchilik asoslari 
yaratishda[101] jamoatchilik kengashlari faoliyatidan samarali foydalangan holda 
ta’sircha jamoatchilik nazorati mexanizmini joriy etishga qaratildi. 
Jamoatchilik kengashlari jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish 
bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Xususan, vakolatli uyushma sifatida 
quyidagi funksiyalarga egadir: 
− davlat organining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat 
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari 
hamda murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko‘rib 
chiqish natijalari bo‘yicha davlat organiga tegishli takliflar kiritadi;
− davlat organining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek, 
hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; 
− davlat organi faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va 
qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 
takliflar ishlab chiqadi; 
− davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va davlat organi faoliyatiga 
taalluqli, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi boshqa 
hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni 
amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi
[82]
hamda bajarilgan 
ishlarning samaradorligini tahlil qiladi. 
Jamoatchilik kengashining bu imtiyozlari nafaqat jamoatchilik nazoratini 
barqaror rivojlanishiga ta’sir etadi, balki jamiyatda demokratik institutlarning o‘rni 
va mavqeini ham oshishiga turtki bo‘ladi. Chunki, har bir davlat idoralari qoshida 


130 
tashkil etilgan bunday kengashlar faoliyati birinchidan, davlat organlari faoliyati 
ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga ko‘mak bersa, ikkinchidan, 
davlat organlari ongidan “bizni qilayotgan ishlarimizdan jamoatchilik bexabar”
[104]
degan tushunchani chiqishiga olib keladi.
Bir so‘z bilan aytganda jamoatchilik kengashi – xalq va uning manfaatlarini 
qondirilishi uchun xizmat etuvchi jamoatchilik organi hisoblanadi. Ammo, bu 
Kengashning ishlash faoliyatini yanada demokratlashtirish, xalq manfaatlari 
ustuvorligiga qaratilgan vazifalari ijrosi ustidan ham nazorat o‘rnatish zaruratini 
hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda
[104]
. Shu sababli, jamoatchilik kengashlarining 
quyidagi vazifalarini tizimli, ya’ni vijdonan bajarish mexanizmini ishlab chiqishni 
quyidagicha taklif etildi: 
1. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga 
oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarish 
bo‘yicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; 
2. Davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot 
vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini 
ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan 

ko‘prik

rolini 
bajarish; 
3. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga 
molik loyihalarni umumlashtirish va baholash; 
4. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl 
qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi 
jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish; 
5. Davlat organi faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil 
axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha 
takliflar ishlab chiqish; 


131 
6. Davlat organi faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun 
yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab 
chiqish
[101]
va hokazolar. 
Ushbu paragraf bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida quyidagi 
xulosaga kelindi: 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin