Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Beshinchidan,
 
falsafiy tadqiqotlarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular orqali 
bashariyat muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Jumladan, “Inson va 
tabiat uyg‘unligi”, “Jamiyatni tashkillashtirish va boshqarish”, “Inson ta’sirida 
tabiiy o‘zgarishlar qonuniyati”, “Davlat boshqaruvini demokratlashtirish” va boshqa 
masalalarni ko‘rsatish mumkin. “Xi
2
-mezoni” yordamida muammolarining kelib 


120 
chiqish sabablarini topish, ularga pragmatik yechim ko‘rsatish, ta’sir chastotalariga 
aniqlik kiritish, muammoni istiqbolli rejalari bo‘yicha ilmiy prognozlar berish 
mumkin. 
III.3§ 
Jamoatchilik 
nazoratini 
demokratik 
tamoyillar 
asosida 
rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari. 
Jamiyatda jamoatchilik nazorati borasidagi tizim taraqqiyotini yuzaga 
keltirish natijasida 
birinchidan,
fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlansa, 
ikkinchidan,
kundalik ijtimoiy hayotimizda qonun ustuvorligi qaror topadi, 
uchinchidan,
davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarning ustuvorlashuviga 
erishiladi, to‘rtinchidan, “Xalq davlat idoralariga emas, aksincha davlat idoralari 
xalq xizmatiga kirishishiga erishiladi” [5; 27-b.]. Shu sababli, demokratiya 
ustuvorligi va jamoatchilik nazorati bir birini to‘ldiruvchi kategoriyalar hisoblanadi. 
Qolaversa, jamoatchilik nazorati tadrijiyligini yo‘lga qo‘yishda demokratik 
prinsiplarga tayanishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Chunki, odamlarimizning 
hayot darajasi o‘sib, ularda Vatan taqdiriga mas’uliyat hissi oshmoqda, qolaversa, 
ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymokdaki, buning natijasida jamiyatimizda 
demokratiya tamoyillar, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari 
natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda[5; 303-b.]. 
Demak, “qonunlar ishlashi”, “inson manfaatidan xalq manfaatining ustuvorlashuvi”, 
“korrupsiya illatiga barham berish”, “davlat organlari faoliyatida shaffoflik, 
ochiqlik, adolatlilik” qaror topishi uchun ham jamoatchilik nazoratining demokratik 
tamoyillarini yanada rivojlantirish zarur hisoblanadi.
Jahon tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Yevropa davlatlarida 
jamoatchilik nazoratining muhim ko‘rinishi sifatida fuqarolarning sud protsesslarida 
ishtirok etishining qonunchilikda mustahkamlanishi, odil sudlovni tashkil etish va 
amalga oshirish jarayoniga bog‘liq holda kechishini ko‘rish mumkin. Bu ham 
jamoatchilik nazoratiga demokratik yondashuvning bir ko‘rinishi. Masalan, hozirgi 
kunda aksariyat xorijiy davlatlarda 
(Kanada, Fransiya, Gretsiya, Italiya, Yangi 
Zelandiya, Rossiya, Germaniya, Angliya, AQSH va boshqalar)
sud protsessida 


121 
jamoatchilik nazoratining muhim ko‘rinishlaridan biri sifatida sud maslahatchilari 
(суд присяжных)
[29; 50-b.] keng joriy etilgan[28; 66-b.]. Bu davlatlarda 
jamoatchilik nazorati bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: 
− konstitutsiyaviylik va qonun ustuvorligi; 
− parlament demokratiyasi; 
− hukm chiqarishda jamoaviy maslahatlashuv; 
− sudlanuvchiga nisbatan jamoatchilik fikri; 
− sud hukmning barcha uchun barobarligi; 
− adolatli tekshiruvga yo‘naltirilgan axborot ochiqligi[97] bilan belgilangan. 
Umuman Yevropa mamlakatlarida jamoatchilik nazoratini yuritish tizimida 
demokratik qarashlar nisbatan bo‘lsada qaror topib, o‘zining harakat mexanizmiga 
ega hisoblanadi. Masalan, Kanada qonunchiligida jamoat manfaatlarini ko‘zlab o‘z 
majburiyatlarini bajarishda Bosh prokuror o‘zining fuqarolik ishlari bo‘yicha 
strategiyasini quyidagicha qo‘llaydi: 
− yuridik maslahat berishda ham, sud ishlarini yuritishda ham bosh prokuror 
konstitutsiyaviy huquqlarni hurmat qilish bo‘yicha maksimal sadoqatini namoyish 
etadi; 
− bosh prokuror huquq yoki erkinlik cheklanganligini sezsa
konstitutsiyaviylik va qonun ustuvorligi tamoyilini qo‘llaydi va sud orqali federal 
qonunchilikning huquq va erkinliklarini cheklovchi nizom asosida ish ko‘radi; 
− bosh prokurori federal qonunni parlament tomonidan o‘zgartirilgunga qadar 
yoki sud konstitutsiyaga zid deb topmaguncha himoya qilish uchun javobgar 
hisoblanadi; 
− bosh prokuror nizolarni qonunga muvofiq ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z 
konstitutsiyaviy mas’uliyatini amalga oshirish uchun, sudlar talab qiladigan to‘liq 
va adolatli dalillarga ega bo‘lishini ta’minlash[97]ni o‘z zimmasiga oladi.
Fransiya hukumati tomonidan 1789 yilda qabul qilingan “Inson va fuqarolar 
huquqlari Deklaratsiyasi”da jamoatchilik nazoratining umuminsoniy tamoyillariga 
alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 2-moddasida “Har bir siyosiy 
birlashmaning maqsadi insonning tabiiy 
va cheklanmagan huquqlarini 


122 
saqlashdir. Bu huquqlar Ozodlik, Mulk, Xavfsizlik va Zulmga Qarshilikdir” deb, 
inson va uning huquqlariga qonuniy maqom berilgan[106]. Shuningdek, 
fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni davlat idoralaridan hisob surash 
vakolatlarini belgilovchi quyidagi moddalar ham kiritilgan: 
5-modda. Qonun faqat jamiyatga zarar yetkazadigan xatti-harakatlarni 
ta’qiqlashga haqli. Qonun bilan ta’qiqlanmagan hech narsa to‘sqinlik qilishi va hech 
kim Qonunda belgilanmagan narsani qilishga majburlanishi mumkin emas; 
6-modda. Qonun umumiy irodaning ifodasidir. Barcha fuqarolar uni amalga 
oshirishda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bu hamma 
uchun bir xil bo‘lishi kerak, xoh u himoya qiladi, xoh jazolaydi. Barcha fuqarolar 
uning oldida teng bo‘lgan holda, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘ra, shuningdek, 
fazilatlari va iste’dodlaridan boshqa farqlarsiz barcha yuqori lavozimlarga, shu 
jumladan, davlat lavozimlariga ishga kirishda teng huquqlidirlar;
11-modda. Fikr va mulohazalarni erkin bildirish insonning eng qimmatli 
huquqlaridan biridir. Shunday qilib, har qanday fuqaro erkin so‘zlashi, yozishi va 
nashr etishi mumkin;
12-modda. Inson va fuqaroning huquqlarini kafolatlash uchun jamoat kuchi 
zarur hisoblanib, shuning uchun bu kuch o‘ziga ishonib topshirilganlarning alohida 
foydalanishi uchun emas, balki jamoat manfaati uchun o‘rnatiladi;
15-modda. Jamiyat mansabdor shaxsdan o‘z ma’muriyatining hisobini 
so‘rashga haqlidir[69] −deb, fuqaro va jamoatchilik institutlarining huquq va 
burchlarini aniq belgilab qo‘ygan. 
1947 yil 22 dekabrda qabul qilingan Italiya Konstitutsiyasida inson 
huquqlarini ta’minlash va kafolatlash, hukumat idoralari faoliyati ustidan tizimli 
jamoatchilik nazoratini olib borish prinsiplariga huquqiy maqom berish borasidagi 
quyidagi moddalar kiritilgan: 
13-modda. Fuqaro shaxsiy erkinlikda daxlsizdir; Har qanday erkinlik 
cheklanishiga duchor bo‘lgan shaxslarga nisbatan barcha jismoniy va ma’naviy 
zo‘ravonlik harakatlari qoralanadi. 


123 
21-modda. Hamma o‘z fikrlarini so‘z, yozma va boshqa barcha aloqa 
vositalari bilan erkin ifoda etish huquqiga egadir; Matbuot hech qanday ro‘xsat yoki 
senzuraga duchor bo‘lmasligi kafolatlanadi. 
22-modda. Hech kim siyosiy sabablarga ko‘ra muomala layoqatidan, 
fuqarolikdan yoki nomdan mahrum etilishi mumkin emas. 
28-modda. Davlat va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari va 
xodimlari huquqlarni buzgan holda sodir etgan xatti-harakatlari uchun jinoiy, 
fuqarolik va ma’muriy qonun hujjatlariga muvofiq bevosita javobgarlikka 
tortiladilar. Bu jarayonda jamoatchilik kuzatuvi eshitiladi. 
50-modda. Barcha fuqarolar qonunchilik choralarini talab qilib yoki umumiy 
ehtiyojlarni bildirgan holda Parlament palatalariga murojaat qilish huquqiga 
ega[68]dir deb, ularning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlangan[43]. 
Umuman olganda jamoatchilik nazoratiga aholining keng qamrovli ishtiroki, 
ularning tafakkur kengligiga, ya’ni muayyan davlatning siyosiy rejimi, madaniyati 
va amaldagi siyosiy tizimini qay darajada anglab yetayotganligiga bog‘liq 
bo‘lib[104], xalq qatlamida tafakkurning bu belgilari qanchalik keng rivojlangan 
bo‘lsa, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash ham 
shuncha samarador kechadi. Shu sababli, bugungi kunda Yevropa davlatlarida 
jamoatchilik nazorati tizimi huquqiy jihatdan nisbatan kengroq rivojlangan hamda 
demokratik tamoyillarga amal qilish mexanizmi ham takomillashgan deyish 
mumkin. 
Mamlakatimizda ham jamoatchilik nazorati tizim taraqqiyotiga erishish, 
uning huquqiy mexanizmlarini joriy etish, keng jamoatchilik fikrini shakllantirish 
asnosida “jamoatchilik nazorati drayverlari” bo‘lmish fuqarolik institutlarining 
vakolat doiralarini yanada kengaytirish borasida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. 
Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi institutsional tizim 
samaradorligini bundanda rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli vazifalarni bajarish 
zarurati ham mavjud. Buning uchun davlatimiz bosh islohotchiligida ishlab 
chiqilgan quyidagi huquqiy-me’yoriy tamoyillarga e’tiborni kuchaytirish tavsiya 
etiladi: 


124 
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini 
isloh etish, axborot sohasini isloh qilish hamda axborot va so‘z erkinligini, saylov 
huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik 
jamiyati institutlarini rivojlantirish; 
2. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, davlat 
hokimiyati subyektlari o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini 
ta’minlash, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan parlament 
nazoratini amalga oshirish; 
3. Sud-huquq tizimini isloh qilish, uni demokratlashtirish va liberallashtirish, 
qonun ustuvorligini, qonuniylikni ta’minlash, shaxsning huquq va manfaatlarini 
ishonchli himoya qilish, huquqiy davlatni shakllantirish hamda jamiyatda huquqiy 
bilimlarni yaxshilash; 
4. Axborot sohasini isloh qilish hamda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, 
ommaviy axborot vositalari bilan davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni barcha choralar bilan mustahkamlash, mamlakatda amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiq-oydinligi va 
oshkoraligini ta’minlash; 
5. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, nodavlat 
notijorat tashkilotlarning davlat tuzilmalari bilan ijtimoiy sheriklik prinsiplari 
asosida o‘zaro hamkorligini huquqiy va konstitutsiyaviy ta’minlash; 
6. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti faoliyatining tashkiliy 
asoslarini yanada takomillashtirish, vazifalarini kengaytirish[82] orqali jamiyat 
ijtimoiy hayotida demokratik prinsiplarni qaror toptirish.
Jahonda, shu jumladan mamlakatimizda jamoatchilik nazorati institutlari 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirish, 
ularning 
imkoniyat 
darajalarini 
muvofiqlashtirish, jamoatchilik nazorati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy 
muammolar va ularni bartaraf etish borasidagi ishlab chiqilayotgan me’yoriy-
huquqiy hujjatlarning istiqbolli rejalarini amalga oshirish o‘z dolzarbligini saqlab 
qolmoqda: 


125 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin