176
4. Berilgan vaqt oralig’ida tijorat kreditining o`rtacha qiymati
bank foiziiing o`rtacha stavkasidan doimo kichik bo`ladi;
5.Qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi shartnoma
rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo`yicha tulov (foiz stavkasi)
aloxida aniqlanmaydi. Foiz to`lovi tovar baxosiga qo`shilgan
xolda
rasmiylashtiriladi.
Iktisodiyotda
keng
tarqalgan
kredit
munosabatlarining
shakllaridan biridir. Uning ob`ekti pul mablag’larini bevosita ssudaga
berish jarayoni xisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit
muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy
bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo`lishlari zarur. Qarz
oluvchi sifatida xuquqiy shaxslar, axoli, davlat,
xorijiy davlat
mijozlari ishtirok kilishlari mumkin. Kredit munosabatlarining
vositasi bo`lib, kredit shartnoma yoki kredit kelishuvi xisoblanadi. Bu
kredit turi bo`yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan
kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi kurinishida bo`ladi.
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda
uning turli xil
xususiyatlari xisobga olinadi.
Qiska muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo`jalik
faoliyatida aylanma mablag’lar etishmovchiligini to`ldirish uchun
qo`llaniladi. Bozor iktisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday
jarayonning bo`lishi ssuda kapitali bozorida
mustakil segment pul
bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond
bozorida, savdo va xizmatlar ko`rsatishda, banklararo kreditlash
rejimida ko`proq qo`llaniladi.
Xozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko`rsatkichlar
bilan xarakterlanadi:
• kreditlarning juda qisqa muddatlarga (ba’zida bir oygacha
muddatga) berilishi;
• kreditning muddati va foiz stavkasining
bir biriga teskari
proportsional ( kreditning muddati juda qisqa bo`lsada, foiz stavkasi
juda yukori ) bo`lishi;
• ishlab chiqarish soasidan ko`proq muomala soxasiga xizmat
ko`rsatish;
Dostları ilə paylaş: