173
tashkilotlarining faoliyati haligacha markazlashmagan edi.
Bu esa
ssuda kapitali bozorining rivojlanishiga to`sqinlik qilardi va
iqtisodiyotning davriy rivojlanish sharoitlarida moliyaviy bozorning
boshqa bo`g’inlarida nomo`tanosibliklarni keltirib chiqardi.
Hozirgi ahvoli
. Bu bosqichning asosiy belgisi iqtisodiyotda
kredit munosabatlarini davlat tomonidan
markazlashgan holda
boshqarilishidir.
Davlat
miqyosida
kredit
munosabatlarining
markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida amalga
oshiriladi. Dastlabki umummilliy davlat kredit instito`tlarining paydo
bo`lishi naqd pulsiz hisob kitoblarni olib borish uchun qo`l keldi
hamda tijorat banklarining operatsiyalari va xizmat ko`rsatish
ko`lamining
kengayishiga olib keldi, masalan, fond bozoriga xizmat
ko`rsatish bo`yicha. Keyinchalik Markaziy banklar faoliyati bozor
iqtisodiyotini barqarorlashtirishning samarali omili bo`lgan kredit
dastaklarini ishlatish bo`yicha yo`naltirildi.
Bu esa davlatniki
bo`lmagan kredit tashkilotlarini nazorat qilishni kuchaytirishni talab
qildi. SHuningdek, iqtisodiyotda informatsion texnologiyaning
rivojlanishi,
global
bank
tarmoqlarining
kompyuter
kommunikatsiyalari va ma`lumotlar bazalarining
shakllanishi kredit
munosabatlarini yangi sifatli darajaga, ya`ni mijozga xizmat ko`rsatish
bilan birga ularning moliyaviy faoliyatining hamma jabhalariga,
shuningdek, xalqaro bozorga ham tarqalishiga olib keldi.
Jamiyat faoliyatining o`ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir.
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar
va xizmatlardan iborat hayotiy ne`matlar yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini
moddiy va mehnat
omillari ta`minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda
ta`minlanishi muammodir.
Bu muammo o`z echimini kredit
Dostları ilə paylaş: