166
sifatlari kredit munosabatlari sodir bo`lishining asosiy sababi
bo`laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek
aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi va shunga
o`xshash boshqa aniq sharoitlar bo`lishi
zarur. Faqatgina ana shu ta`sir
etuvchi omillar bo`lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi
reallikka aylanadi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kredit jarayoni
asosiy o`rinni egallaydi. U quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
• kredit olish uchun berilgan mijozning ariza
talabnomasini ko`rib chiqish;
• qarz oluvchining to`lovga va kreditga
layoqatliligini bank
tomonidan o`rganib chiqilishi;
• kredit qo`mitasining qarori;
• kredit bitimini rasmiylashtirish;
• kredit berilishi;
• ssuda va u bo`yicha foiz tulashni bank tomonidan nazorat
qilinishi.
Kredit asosan ishlab chiqarish, hizmat ko`rsatish, savdo va boshqa
iqtisodiy munosaatlarni rag’batlantiradi. CHunki kreditning iqtisodiy
asosi faqat tomonlarni manfatiga xizmat qiladi. SHuning uchun kredit
operatsiyalari nafaqat tomonlarni balki xam mikro ham makro
darajadagi ahamiyati tomonlari ham beqiyos. Bu mamlakatning yalpi
ichki maxsulotini o`sishiga va nihoyat mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy
o`sishiga olib boradi. Mazkur o`sishga kreditning ta`siri
ahamiyatli
xisoblanib, bunda uning xarakterli tomonlarini ochib berish maqsadga
muvofiqdir. Bu quyidagilardan iborat:
-kredit chetda turib qolgan bo`sh pul mablag’larini xarakatga
keltiradi:
-kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy pul
mablag’lari bilan ta`minlaydi:
-kredit asosiy ishlab chiqarishni doimiy rag’batlantirib boradi.
Kredit va uni to`lash jarayoni kredit shartnomasida ko`rsatilgan
bo`lib, kredit va qarz oluvchi o`rtasidagi majburiyat va xuquqlarni
belgilab beradi. Unda kreditning maqsadi va ob`ekti, kredit miqdori,
ssudani berish va uni to`lash muddati, kredit ta`minotining turlari, kredit
uchun foiz stavkasi va boshqalar ko`rsatiladi. Ssuda to`lashni nazorat
qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib
boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi.
167
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit
portfelida o`z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o`rni
va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash
mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan
milliy valyutada olib
boradilar va ba`zi xollarda qayta moliyalashtirish va o`z mablag’lari
xisobidan beriladigan kreditlar bugungi kunda tijorat banklari kredit
portfelining ma`lum bir qismini muammoli kreditlar tashkil etadi.
Ajratilgan kreditlar bo`yicha extimoliy yo`qotishlarning oldini olish
maqsadida, tijorat bankining kredit portfeli doimiy ravishda
tasniflanib boradi. Kreditlarni o`z navbatida 5 ta turga , ya`ni yaxshi,
standart, substandart, shubxali va umidsiz kredit turlariga tasniflash
mumkin. SHubxali va umidsiz kredit deb tasniflangan kreditlar
muammoli kreditlar deb qaraladi. Muammoli kreditlar tijorat banklari
faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Banklarning asosiy vazifasi, kredit
berish o`rniga kreditlarning o`z muddatida qaytaruvchanligini
ta`minlashdangina iborat bo`lib qolmoqda. CHunki, muammoli
kreditlar tijorat bankining foyda olib keladigan aktivlarini
kamaytiradi, bu esa o`z
navbatida, bankning istiqbol rejasi
ko`rsatkichlariga erisha olmasligidan dalolat beradi.
Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar xukumatimizning
chiqargan qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun
milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o`z
mablag’lari xisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli
bo`lganda miliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasidi berilishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin
ularning faoliyatida ko`proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi
ta`sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu
asosda foyda olishga yunaltirilgan bo`lganligi uchun ular
faoliyatida bu risklarning salmog’i xam yuqori bo`ladi.
Ssuda kapitali kapital bozorida muxim o`rin
tutib milliy
iktisodiyot extiyojlarini qondiradi.Ssuda kapitalining o`ziga xos
xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo`lgan xarakatida va
aksincha bo`lgan jarayonida ko`proq ko`rinadi. Bu xususiyatlar
quyidagilardan iborat:
1.
Ssuda kapitali kapital sifatida - bu mulk uning egasi qarz
oluvchiga kapitalini doimiy egalikka emas, balki vaqtincha
foydalanish uchun beradi. Bu xolda kapitalga bo`lgan egalik kapital
xarakatidan ajraladi. Kapital korxonalarning ishlab chiqarish
168
faoliyatini tashkil kilishning boshidan oxirigacha qatnashib, uning
xajmi ortib borsada, belgilangan kapital miqdori oxir oqibatda o`z
egasi - kreditorga kaytib to`lanishi lozim.
2.
Ssuda kapitalining o`ziga
xos xususiyati, uning tovar sifatida
ekanligidir. Kreditor tomonidan pul mablag’lari qarzdor korxonaga
“sotiladi”, Korxonalar bu kapital xisobidan chiqarish vositalari va ish
kuchini sotib oladilar. Ssuda kapitalining tovar sifatidagi iste`mol
qiymati - qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida
qarzdor oladigan foyda xisoblanadi. Ssuda kapitalining iste`mol
kiymati oddiy tovarning iste`mol kiymatidan far qiladi. Ssuda kapitali
bo`yicha olingan foidaning bir kismi ssuda foizini tulash uchun
ishlatiladi.
3.
Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi
o`rtasidagi munosabatning uzok davom kilishidir. Ssuda kapitalining
kreditordan qarz oluvchiga o`tish jarayoni davrlar bo`yicha tarkatilgan
to`lov mexanizmining bosqichlarida ifodalanadi. Masalan, oddiy
savdo sotik jarayonida sotilgan tovarning narxi shu zaxotiyok
to`lanadi. Kredit resurslari va ulardan foydalanganlik uchun to`lovlar
odatda ma`lum vaqt o`tgandan keyin to`lanadi.
4. Ssuda kapitali xarakatining o`ziga xos xususiyatlaridan yana
biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali
xarakatidan
farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz
oluvchi)o`rtasidagi munosabat, ya’ni kapital xarakati, pul (P-T)
ko`rinishida bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: