341
Марказий банк интервенциялари ҳажми ва АҚШ долларининг сўмга
нисбатан ўртача ойлик биржа алмашув курси
20.4-Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
SHuningdek, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo`lgan
talab va taklif orasida katta salbiy farq vujudga kelgan sentyabr’ va
oktyabr’ oylarida esa Markaziy bank interventsiyalari hajmining
o`tgan 8 oydagi o`rtacha sof interventsiyalar hajmiga (o`rtacha
oylik
158 mln. AQSH dollari) nisbatan mos ravishda 615 va 318 mln.
AQSH dollariga oshishi keskin tebranishlarni yumshatuvchi omil
bo`ldi. Natijada oktyabr’ oyi oxiriga kelib so`m deval’vatsiyasi joriy
yil boshiga nisbatan 1,3 foizni tashkil qildi (-rasm).
Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro valyuta munosabatlari
va ularni yuzaga kelish
asoslari hamda milliy valyuta tizimining elementlarini yoritib bering?
2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari va valyuta
munosabatlarini tartibga solish tizimini tushuntirib bering?
3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmunini,
erkin
almashinadigan valyutalar hamda halqaro zaxira valyutalar bo`yicha
tushunchalaringizni ayting?
4. Valyuta kursi rejimlari, milliy valyuta tizimi va uning
elementlarini hamda jahon valyuta tizimi
va uning elementlarini
yoritib bering?