345
tanilgan. Ushbu bankga a`zo bo`lish uchun ariza taqdim etgan
mamlakat avvalo XVFga a`zolikka kirgan bo`lishi lozim. Bankning
barcha qarzlari a`zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi
kerak. Qarzlar bo`yicha har olti oyda o`zgaruvchi foiz stavkasi
belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga teng. Qarzlar
asosan 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo`yicha to`lovlarni
3-5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat xukumatining
kafolati olingandan so`ng amalga oshiriladi
1
.
XTTB – 1944 yilda Bretton-Vudsdagi (AQSHning N’yu-
Xempshir shtatidagi shaharcha) Xalqaro valyuta – moliyaviy
konferentsiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo
investitsiya institutidir. Bir vaqtning o`zida bankning nizomi ham
bo`lib qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945 yilda rasmiy jihatdan
kuchga kirgan, bank o`zining faoliyatini 1946 yildan boshlagan.
XTTBning shtab-kvartirasi – AQSHning Vashington shahrida
joylashgan.
XTTB 2013 moliya yilida 20,6 mlrd.AQSH dollari hajmidagi
kredit resurslarini zahira qildi, ushbu ko`rsatkich 2009 moliya yiliga
nisbatan 52,8% oshgan.
XTTBning asosiy maqsadi – a`zo mamlakatlarga uzoq muddatli
kredit va qarzlar berish hamda xususiy investitsiyalarni kafolatlash
orqali
ularning
iqtisodiyotini
rivojlantirishga
ko`maklashish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: