1-MODUL. PULNING PAYDO BO`LISHI, ZARURLIGI VA FUNKTSIYALAR 1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish sabablari. 2. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari. 3. Pulning funksiyalari. Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli. 4. Kredit pullari va ularning turlari 1.1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish sabablari Fanning maqsadi – talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul
nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar
va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil
qilish bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning
mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi,
kreditning mohiyati va printsiplari, kreditning shakllari va turlari,
bank tizimining mohiyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil
qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy
bilimlarni o`rgatishdan iborat.
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli
vaqt, miqdor va sifatda ma`lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish
va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Fanning predmeti, pulning paydo bo`lish sabablari, pul shakllari
va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo`lish
shakllari,
funktsiyalari,
Qiymat
shakllarining
evolyutsiyasi,
Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib
turuvchi o`ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning
turlarini chuqurroq o`rgatadi.