32
o`sish sifatini oshirish, uning yuqori va barqaror sur’atlarini saqlab
qolish uchun zaruriy shart bo`lib xizmat qiladi.
• Pul tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida muhim omil
hisoblanadi.
• Iqtisodiyotni pul bilan tartibga solish uchun pul kredit bilan
birga ishlatilishi mumkin. Milliy pul birligining ichki va tashqi
barqarorligi milliy iqtisodiyotdagi ichki va tashqi makroiqtisodiy
muvozanatning eng muhim shartidir. Shu sababli, milliy valyutaning
barqarorligini
ta’minlash aksariyat mamlakatlarda pul-kredit
siyosatining maqsadi hisoblanadi.
• Pullar tovar narxlarini belgilash, tovarlarni sotishdan
tushadigan mablag’larni ularni ishlab chiqarish xarajatlari bilan
taqqoslash uchun ishlatiladi.
• Pullar mamlakatdagi hisob-kitoblarni baholash uchun zarur
bo`lib,
ularsiz
statistik
va
buxgalteriya
hisobini
yuritish,
korxonalarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini nazorat qilish va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish yo`llarini belgilash mumkin emas.
Iqtisodiy globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotlarning
tashqi omillarga bog’liqligida hamda tashqi iqtisodiy aloqalarda
pulning o`rni ayniqsa katta. Jahon pullari jahon moliyaviy oqimlarini
to`plash va qayta taqsimlash jarayonlarida vositachilik qiladi,
kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga o`tishiga, mamlakatlar
o`rtasidagi tovarlar va xizmatlarning harakatiga xizmat qiladi.
Jahon bozorining milliy iqtisodiyotga ta’sir etish vositalaridan
biri bu milliy valyuta kursidir. Uning darajasi tashqi savdoga, milliy
mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligiga, kapital eksporti
va importiga, pul muomalasi holatiga, inflyatsiya darajasiga, butun
ishlab chiqarish jarayoniga sezilarli ta’sir ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: