www.ziyouz.com kutubxonasi
231
so‘yishni nazr qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganida:
«Subhanalloh! Mukofot qilgan narsasi muncha ham yomon», deb aytdilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
868/5. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilingan izn so‘rash haqidagi hadisning
oxirida Umarga (r.a.): «Ey Ibn Xattob, siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
sahobalariga azob beruvchi bo‘lmang», deganlarida, u zot: «Subhanalloh! Men eshitgan
narsamni ishonchli qilmoqni mahbub ko‘rdim xolos», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
869/6. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda u zotga «Siz jannat
ahlidanmisiz?» deyilganida, «Subhanalloh, biror kishiga bilmagan narsasini aytmog‘i
lozim emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
312-bob Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish haqida Bu hakda ko‘p narsalar kelgani va mavqei ulug‘, ammo aksariyat kishilar yengil
sanashgani uchun bu bob ahamiyatlidir. Buni shu yerda batafsil tadqiq qilish imkoni
bo‘lmadi. Lekin usul qoidalaridan birortasini buzmadik. Ulamolar bu to‘g‘rida turli
narsalar tasnif etishdi. «Sahih Muslim» sharhining avvalida bu haqda biroz narsalarni
jamladim. Bilish lozim bo‘lgan narsalardan ogoh etdim. Alloh taolo bu haqda quyidagi
oyatlarni nozil qilgan:
«Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat - itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» (Oli Imron surasi, 104-oyat);
«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring» (A’rof surasi, 199-oyat);
«Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba surasi, 71-oyat);
«Ular bir-birlarini qilgan