«(Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.» (Najm surasi, 3-4-oyatlar).
894/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men
osmonga ko‘tarilganimda (ya’ni, Me’roj kechasida) bir qavmning oldidan o‘tdim. Ularning
misdan tirnoqlari bo‘lib, yuzlari va ko‘kraklarini tirnashar edi. Shunda men: «Ey Jabroil,
anavilar kim?» desam, u zot: «Ular shunday kishilarki, kishilar go‘shtini yeb (ya’ni,
g‘iybat qilib) obro‘lariga bo‘hton qilishardi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
895/7. Said ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonning obro‘sida nohaq tilni uzun qilish ribolarning buyugidir», dedilar. Abu
Dovud rivoyatlari.
(Ya’ni, obro‘sini to‘kish ribodek buyuk gunohdir... - tarj.)
896/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmon musulmonning birodaridir. Unga xiyonat qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi va
uni xo‘rlamaydi. Har bir musulmonni boshqa musulmonning obro‘si, moli va qoniga
(tajovuz qilmog‘i) haromdir. Taqvo bu yerda (Ya’ni, qalbda). Kishi musulmon birodarini
past sanamog‘i uning yomonligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
315-bob G’iybatga taalluqli muhim masalalar bayoni Utgan boblarda zikr qildikki, g‘iybat - kishini u karih ko‘radigan narsasi bilan zikr
qilmoqlikdir. Xoh u lafz bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda bo‘lsin yoki ko‘z, qo‘l
va bosh bilan ishora etish orqali bo‘lsin, barchasi joiz emas.
Yana ham aniqrog‘i, har bir musulmonning nuqsonini boshqaga anglattirmoq harom
bo‘lgan g‘iybatdir.
Ana shu g‘iybatlardan biri - egilib va bukilib yuradigan yoki shularga o‘xshash nuqsonli
kishilarni hikoya qilib, ana shu hikoyadan unga noqislikni xohlashlikdir. Bularning har biri
xilofsiz haromdir.
Yana g‘iybatlardan biri - musannif kitobida bir shaxsni zikr qilib, bu bilan uning
noqisligini va uni obro‘sizlantirishni xohlasa, u ham haromdir. Ammo bu zikri bilan uning
xato qilayotganini, ilmda zaif ekanligini va buning sababidan odamlar unga taqlid qilib,
ergashib g‘ururga ketib qolmasliklarining oldini olib gapirmog‘i g‘iybat emas. Balki vojib
bo‘lgan nasihatdir. Agar mana shuni iroda qilsa, savob ham oladi.
Shu singari musannif yoki boshqasi: «Bir qavm yoki bir jamoa unday yoki bunday», «Bu
qilgani noto‘g‘ri yoki xato yoki jaholat va g‘aflat» kabi so‘zlarni aytishi ham g‘iybat emas.
Chunki haqiqiy g‘iybat bir kishining ayni o‘zini yoki bir jamoatning ayni o‘zini zikr
qilmoqlikdir.