www.ziyouz.com kutubxonasi
241
Uchinchisi - fikr-mulohaza so‘rash. Masalan, muftiga «Otam yoki inim yoki falonchi
menga zulm qildi, undan xalos bo‘lish, haqqimni olish va zulmni o‘zimdan daf etish yo‘li
qanaqa?» deb aytmogi joiz. Va shu singari «Xotinim meni unday qildi» yoki «Erim
bunday qildi», deb hojati uchun aytmogi joiz. Yana ham to‘grirogi, «Bir kishini ana bu
ishida nima deysiz?» yoki «Er yoki xotin bunday qildi», deb tayin qilmasdan maqsadini
hosil qilmogi ham durust.
Keyingi bobda zikr etiladigan Hinddan (r.a.) qilingan rivoyat tayin qilishning joizligini
ko‘rsatadi. U eri Abu Sufyonning baxil-ziqna ekanini aytganida, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam uni bu giybatidan qaytarmadilar.
To‘rtinchisi - musulmonlarni yomonlikdan ogoh etib, ularga nasihat qilish. U bir nechta
ko‘rinishda bo‘ladi. Ulardan hadis rivoyat qiluvchi roviylarning guvohlik ko‘rsatmalarini
majruhligi uchun rad etmoq. Mana shu musulmonlar ijmo’i bilan joizdir. Balki ehtiyoj
bo‘lgani uchun vojibdir. Aytadilar: «Bir kishi nikoh yo‘li bilan qarindoshlik
munosabatlariga kirishini yoki ishda sherik bo‘lishini yoki omonat olishini yoki uning
huzuriga omonat qo‘yishni yoki bundan boshqa narsalarda muomala qilishni sendan
maslahat so‘rasa, nasihat yuzasidan u hakda bilgan narsangni aytmog‘ing vojib bo‘ladi.
Agar sen unga «Muomala qilish yoki nikoh ila qarindosh bo‘lish durust bo‘lmaydi» yoki
«Bunday qilmagin», deb aytish bilan maqsad hosil bo‘lsa, yomonligini ortiqcha zikr qilish
joiz emas. Endi bordi-yu, maqsad hosil bo‘lmasa, unda ochiqchasiga zikr qilavergin». Va
yana aytadilar: «Ug‘irligi, zinokorligi, ichuvchiligi ila mashhur bo‘lgan qulni sotib
olayotgan kishini ko‘rsang, uni sotib oluvchi kishi bilmaydigan bo‘lsa, bayon qilmog‘ing
lozim bo‘ladi. Nafaqat bu qul sotib olishda. Balki har bir sotib olinayotgan narsaning
aybini bilsang, agar sotib oluvchi bilmasa, bayon etmog‘ing vojib bo‘ladi». Yana
aytadilar: «Agar bir fikh o‘rganuvchi bid’atchi yoki fosiq huzuriga borib, undan ilm
o‘rganayotgan bo‘lsa va sen u fiqh o‘rganuvchi zarar topmog‘idan qo‘rqsang, unga
nasihat qilmog‘ing va holini bayon qilmog‘ing lozim bo‘ladi. Shu shart bilanki, sen bunda
nasihatni qasd qilmog‘ing kerak. Mana shu narsada ko‘pincha xatoga yo‘l ko‘yiladi.
Gohida hasadga olib keladi yoki shayton aldab ko‘yadi. U esa bu qilgan ishini nasihat va
shafqat, deb xayol qiladi. Sen buni idrok etib, farosatli bo‘l». Yana aytadilar: «Bir kishi
boshliq bo‘lsa-yu, solih bo‘lmagani yoki fosiq va mug‘affal bo‘lgani sababli ishni yaxshi
ko‘rinishda bajarmasa, undan ham kattaroq bo‘lgan boshliqqa uning aybini zikr
qilmog‘ing vojib bo‘ladi. Ana shu katta boshliq uni ishdan chetlatib, undan-da
salohiyatlisini tayinlaydi. Yoki uning holatini bilsa, uni to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishga undaydi».
Beshinchisi - fosiqligi, bid’atchiligi oshkora bo‘lgan kishilarni g‘iybat qilish joiz. Masalan,
aroqni oshkora ichuvchi, kishilarning molini soliq solib, musodara qilib, zulm bilan tortib
oluvchi hamda botil ishlarni yurgizuvchilar shular jumlasidandir. Mana shu ishlarni
oshkora qiluvchini g‘iybat qilish joiz. Ammo bundan boshqalarida, yuqoridagi zikr
qilganlarimizdan tashqari holatlarda joiz emas.
Oltinchisi - tanishlik uchun. Agar kishi ko‘zi xira, oqsoq, kar, ko‘r, g‘ilay, burni pachoq va
shunga o‘xshash nuqsonli laqab bilan tanilgan bo‘lsa, tanitish niyatida tanitmoqlik joiz.
Ammo noqislik tomonini bundan boshqa maqsadda aytish harom. Agar aybini
aytmasdan boshqa yo‘l bilan bo‘lsa, juda ham yaxshi.
Mana shu zikr qilingan oltita sabablarda ulamolar g‘iybat qilish joiz, deb aytishgan.