«Ey mo‘minlar, ko‘p gumonlardan chetlaninglar» , deb aytgan (Hujurot surasi, 12-oyat).
5. Hikoya qilib bergan narsasi sizni josuslik qilishga va uni axtarib haqiqatlashga
majbur qilmasin. Alloh taolo:
«Josuslik qilib yurmanglar» , deb aytgan (Hujurot
surasi,
12-oyat).
6. Chaqimchini qaytargan narsasida o‘zi rozi bo‘lmasligi va chaqimchiligini hikoya
qilmasligi lozim.
Umar ibn Abdulazizga bir odam boshqa bir kishi haqida zikr qilganida, bu zot: «Agar
xohlasang, sening ishingni ko‘rib chiqamiz. Bordiyu yolg‘on gapirayotgan bo‘lsang,
quyidagi oyat ahlidansan:
«Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, aniqlab-tekshirib ko‘ringlar» (Hujurot surasi, 6-oyat). Agar sen rostgo‘y bo‘lsang,
mana bu oyat ahlidansan:
«G’iybatchi-yu, gap tashuvchiga itoat etmang» (Qalam
surasi, 11-oyat). Agar xohlasang, seni avf qilamiz», deganlarida, u kishi: «Ey mo‘minlar
amiri, bu ishni endi zinhor qilmayman», dedi.
Bir kishi Sohib ibn Abbodga bir maktub olib bordi, unda yetimning molini ega bo‘lib
olishga rag‘batlantirish bor edi. U juda katta miqdordagi mol-mulk edi. Bu zot
maktubning orqasiga quyidagi so‘zlarni bitib qaytarib berdilar: «Ulganni Alloh rahmat
qilsin. Yetimga Alloh yordam bersin. Molini Alloh serhosil qilsin. Xat tashuvchini Alloh
la’natlasin!»
322-bob Zarar yetishidan xavf tug‘ilmasa, boshliqlarga so‘z tashimoqdan man etish bobi 908/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sahobalarimdan birortasi boshqasi haqida biror narsa yetkazmasin. Chunki men
sizlarning oldingizga qalbim sog‘lom holda chiqmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Abu
Dovud va Termiziylar rivoyati.