www.ziyouz.com
kutubxonasi
236
Nafslariga mujohada qiluvchilarning sukutni afzal ko‘rishlariga sabab ular so‘zdagi
ofatlarni, nafs u ofatlardan nasibador bo‘lishini, maqtovli sifatlarini namoyon bo‘lishini,
nutqni chiroyli qilib, kishilar orasida ajralib turishga moyillikni va bundan boshqa
ofatlarni bilganliklari uchundir. Mana shu sukut qilish riyozat arboblarining sifatlaridan
bo‘lib, darajalarni hukm qilishdagi va xalqni tarbiya etishdagi muhim narsalardan biridir.
Bu haqda quyidagi she’rlar ham bitilgan:
Tilingni saqlagin, ey inson,
Boshingga g‘am-kulfat solmasin.
Til - go‘yoki zaharli ilon,
Ehtiyot bo‘l, chaqib olmasin.
Qabrda yotur ming-minglab odam,
Vafot etgan til sababidan.
Qo‘rqar ekan hatto botir ham,
Til zahri-yu va g‘azabidan.
314-bob G’iybat va chaqimchilikning haromligi haqida
Bilingki, g‘iybat va chaqimchilik kishilarda tarqalgan eng xunuk xislatlardandir. Bu
ikkovidan kishilarning ozginasigina omonda qolishadi, xolos.
G’iybat yomon ko‘radigan narsasi bilan kishini zikr qilmoqlikdir. Xoh u badanida yoki
dinida yoki dunyosida yoki nafsida yoki xalq qilinishida yoki xulqida yoki molida yoki
bolasida yoki otasida yoki xotinida yoki xizmatkori va qulida yoki sallasi va kiyimida yoki
yurishi, harakati, jilmayishida, nuqsonligi, qovog‘i solinganligi va xushchaqchaqligi yoki
bundan boshqa ana shunga taalluqli narsalarda bo‘lsin, g‘iybat sanalaveradi. Xoh uni lafz
bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda zikr qilish yoki ko‘z, qo‘l, bosh va shunga
o‘xshashlar ila ishora qilish orqali ham g‘iybat bo‘ladi.
Badandagi g‘iybat: ko‘r, oqsoq, xira ko‘radigan, tepakal, kalta, uzun, qora, sariqligini
aytmoqlikdir.
Dindagi g‘iybat: fosiq, o‘g‘ri, xoin, zolim, namozga e’tibor bermay, beparvo bo‘ladi,
najasotlarni yengil sanaydi, otasiga yaxshilik qilmaydi, zakotni o‘z o‘rniga sarf qilmaydi,
g‘iybatdan saqlanmaydi, deb aytmoqlikdir.
Dunyodagi g‘iybat: odobi oz, insonlarni past sanaydi, biror kishining hakqini tanimaydi,
ko‘p gapiradi, ko‘p yeydi, ko‘p yoki noo‘rin uxlaydi, o‘rinsiz joyga o‘tiradi, deb aytishga
o‘xshashlardir.
Otasiga taalluqlisi esa: otasi fosiq yoki hindiy yoki nabatiy, zanjiy, etikdo‘z, gazmol
sotuvchi, miskor, duradgor, temirchi, to‘quvchi, deb aytishga o‘xshashlardir.
Xulqqa taalluqlisi esa: yomon xulqli, mutakabbir, riyokor, shoshqaloq, kuchli, ojiz, qalbi
zaif, o‘zini tutolmaydi, qovog‘i soliq, axloqsiz kabi so‘zlarni aytmoq.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
237
Kiyimga taalluqli g‘iybatlar esa: yengi keng, etagi uzun, kiyimi kir va shunga o‘xshash
narsalarni aytmokdik.
Qolganlari ham zikr qilganimizdek qiyoslanadi. Yana ham to‘g‘rirog‘i yomon ko‘rgan
narsasini zikr qilmoqlik-g‘iybatdir.
Abu Homid G’azzoliy musulmonlar ijmo’ini quyidagicha naql qildilar. G’iybat - yomon
ko‘rgan narsasi bilan boshqani zikr qilmoqlik. Sahih hadislar buni aniqlab keladi.
Ammo chaqimchilik - ba’zilarga ba’zi kishilarning fasod so‘zini tashimokdikdir.
Bu ikkitasining hukmi musulmonlar ijmo’i bilan haromdir. Buning haromligiga Qur’ondan,
sunnatdan va musulmonlar ijmo’idan ochiq-oydin dalillar kelgan.
Alloh taolo Xujurot surasining 12-oyatida:
Dostları ilə paylaş: |