Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha 
barqarorligi, anglanganligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalar­
ning hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bi­
lan oladi, ancha chuqur va kuchli bolib qoladi. Kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning umumiy emotsional tonusida xush- 
chaqchaqlik, ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi. Darslarda va 
tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlarda ular quvnoq va tetik boladilar. 
Bunday holat esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emot­
sional hayotida norma bolib hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional hayoti ta’lim 
va tarbiyaning ta’siri ostida ancha kengayadi. Maktabgacha yosh­
dagi bolalarning hislaridan farqli ravishda kichik maktab davri­
da hislarning yo‘nalganligida katta tabaqalanish yuzaga keladi. 
Bu yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari ular­
ning faoliyatida namoyon boladi va rivojlanadi. Kichik maktab
309


yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarining har bir faoliyat natijalariga baho 
bera oladilar. Baho kishida qoniqish va qoniqmaslik hislarini yu­
zaga keltirishi mumkin bolib, bu hislar bolani yaxshi o‘qishga ruh- 
lantiradi. Ba’zan past baho olish orqali yuzaga kelgan salbiy his­
lar chuqurlashib, o‘qituvchining noto‘g‘ri reaksiyasi va kattalarning 
doimiy tanbeh va tanqidlari oqibatida bolaning xarakter xislati- 
ga aylanib qolishi mumkin. Boshlanglch sinf o‘quvchilarining 
faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga yordam beruvchi asosiy 
hislardan biri intellektual hislardir. Odamning aqliy faoliyati bi­
lan bogliq bolgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga 
qiziqish, taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsiz- 
lik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga kiradi.
Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tugll- 
ganida, vazifa va masalalarni hal qilish choglda, biror yangilik- 
ni o'zlashtirish va bilish choglda paydo boladi va his qilinadi. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari bi­
lish jarayonida rivojlanadi. 0 ‘quv faoliyatida bolalar katta hajm- 
dagi bilimlar va faktlarga duch kelib, ular bolalarda taajjublanish, 
ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib, qiziquvchanlik, 
urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos 
boladi.
0
‘qish jarayonida yoshi kattalashib, tajribasi orta borgan sa­
ri, oqilona urinchoqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning il­
miy tadqiqot ishlari bilan samarali shug'ullanishini rag‘batlanti- 
radi. Bilishga qiziqish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga 
xos bolgan xususiyatlardandir. Bilishga qiziqish kichik maktab 
davrida o'ziga xos yo‘nalishni oladi. Ular har bir o‘rgangan nar- 
salariga taajjublanish bilan qaraydilar.
Respublikamizda M.G.Davletshin rahbarligida M.A.Maqsudova 
tomonidan «Birinchi sinf o‘quvchilarida ta’lim jarayonida bilishga 
oid qiziqishlarning o‘sishi» mavzuida ilmiy tadqiqot olib borilgan1.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin