Madaniyatshunoslik


Kutubxonachilik mutaxassisligi va kutubxonachi shaxsining ijtimoiy



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

 
1. Kutubxonachilik mutaxassisligi va kutubxonachi shaxsining ijtimoiy 
yо‘naltirilganligi. 
Kutubxonachilik kasbining mutaxassislik sifatida tan olinishini 
1876 yil bilan, ya’ni dunyo bӱyicha birinchi bӱlib kutubxonachilarning 
professional birlashmasi – Amerika kutubxonachilar assotsiatsiyasi barpo bӱlishi 
bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Professional kutubxonachilik bilimlarini ӱqitish 1887 yildan boshlab, ya’ni 
Germaniyada universitet miqyosida kutubxonachilik bӱyicha kafedraning, AQSH 
larida esa birinchi kutubxonachilik maktablarining ochilishi bilan boshlangan. 
1908 yili Rossiyada kutubxonashunoslik Jamiyati ochildi va uning 
tashabbusi bilan 1910 yili «Kutubxonachi» jurnali nashr qilina boshlandi. 
20-yillarda oliy va ӱrta pedagogik va maktabdan tashqari oliy ӱquv yurtlari 
va texnikumlarida kutubxonachilik fakultetlari (bӱlimlari) ochildi. Ammo, 
kutubxonachilik kasbining muammolari kompelksini ilmiy asosda ishlab chiqish 
XX asrning 60-yillaridan boshlandi.
Ӱzbekistonda kutubxonachilik ta’limi XX asrning 20-yillari oxir-laridan 
kiritila boshlandi, chunki shu davrga kelib davlatimizning qishloq rayonlari uchun 
kadrlarni tayyorlash maqsadida kutubxonachiik kurslari ochila boshlandi. Ushbu 
tizim 70-yillargacha amal qildi va 80-yillarning oxirlariga kelib pullik asosda qayta 
jonlandi. 1937 yili kutubxonachilik mutaxassisligini tayyorlash bӱyicha birinchi 
ӱquv yurti – Toshkent kutubxonachilik texnikumi ochildi. 50-60-yillarning 
oxirlarida Namangan, Qarshi, Buxoro, Nukusda kutubxonachilik bӱlimi bӱlgan 
madaniy-oqartuv texnikumlari ochildi. Oliy kutubxonachilik bilimini berish 1958 
yilga tӱg‘ri keladi, chunki shu yili Qӱqon pedagogika instituti qoshida 
kutubxonachilik fakulteti ochildi, 1960 yili u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika institutiga, 1974 yili esa yangi tashkil etilgan A.Qodiriy nomidagi 
Toshkent davlat madaniyat institutiga ӱtkazildi. Fakultet «Kutubxona-axborot 
faoliyatini boshqaruv» fakulteti nomi bilan qayta nomlandi va respublika 
korxonalari uchun axborot, kutubxona, arxiv va kitob savdosi bӱyicha bakalavr va 


84 
magistrlarni tayyorlaydi. 
70-yillar ӱrtalaridan boshlab kutubxonachilik mutaxassisligi maxsus 
tadqiqot predmeti bӱla boshladi. Moskva va Leningrad madaniyat institutlari, 
Rossiya RDK (Rossiya davlat kutubxonasi), RXK (Rossiya xalq kutubxonasi), 
Ukraina FA XK (xalq kutubxonasi) larning kӱp qirrali izlanishlari kutubxonachilik 
mutaxassisligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, mehnatdan qoniqish, 
kadrlar davomiyligi, yosh mutaxassislarning professional va sotsial moslashuvi, 
kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish masalalarini ӱz ichiga olar edi. 
Kutubxonachilik mutaxassisligiga qӱyiladigan asosiy talablardan biri – 
vakillarining sotsial va professional pozitsiyada qat’iyatligi. Kutubxonachi 
pozitsiyasi – bu olamga, kutubxonaviy haqiqatga va kutubxona faoliyatiga 
intellektual va emotsional-baholovchi munosobatda bӱlish tizimi bӱlib, u uning 
faollik manbasi hisoblanadi.
Kutubxonachi pozitsiyasi orqali uning shaxsi, sotsial oriyentatsiyasi, 
fuqarolik xulqi va faoliyati turi shakllanadi. Kutubxonachining sotsial faolligi 
shaxs sifatidagi kӱrsatkichi kutubxonachi funksiyalarining sotsial rolini, 
professional majburiyat va g‘ururini, ӱzining mutaxassisligini hurmat qiluvchi
kitobxonlar bilan pedagogik munosabat madaniyati, professional ӱz ustida ishlash 
va ӱzini tarbiyalash kabi uning professional mahorati hisoblanadi. 
Kutubxonachining sotsial pozitsiyasi uning kӱproq professional pozitsiyasi 
va professional yӱnaltirilganligini aniqlaydi. Axborotlar tӱplami ichida bӱlgan 
xolda kutubxonachi hayotiy tajribani aniq, haqiqiy aks ettiruvchi ma’lumotlarni 
tasvirlash va xotirada saqlashga harakat qiladi. 
Kutubxonachilik mutaxassisligini sha kasb vakillarining eng mashxur 
nomlari ulug‘ladi. Ular orasida: M.V. Lomonovning shogirdi – S. Kotelnokov, 
mashxur matematik N. Lobachevskiy, taniqli masalchi I. Krilov, san’atshunos V. 
Stasov. Ӱzining yarim asrlik umrini Imperator ommaviy kutubxonasiga 
bag‘ishlagan V.V. Stasov g‘urur bilan shunday degan: «Men, faqatgina 
kutubxonachi bӱlib tug‘ilganman». 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin