Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

ma’lumot 
bibliografiya
xizmatini yaxshilashdan iborat edi. Kutubxona 1920 yildan 
nashriyotchilik faoliyatini ham boshladi. 1924 yil 16 sentabrda kutubxona qoshida 
bibliografiya komissiyasi tuzildi. Bu komissiya 1925 yil 4 aprelgacha faoliyat 
kо‘rsatdi. Shu yili 26 dekabrda kutubxona О‘rta Osiyo Davlat kutubxonasi deb 
о‘zgartirildi. 1934 yil 21 oktabrda О‘rta Osiyo tashkilotlarining tugatilishi bilan 
kutubxona О‘zbekiston SSR Davlat xalq kutubxonasi deb qayta nomlandi. 1938 yil 
27 fevraldan kutubxona О‘zbekistan Xalq Komissarlari Soveti ixtiyoridan 
О‘zbekistan Xalq ta’limi komissarligi tasarrufiga о‘tdi.О‘zbekiston SSR Xalq 
maorifi komissarligining 1933 yil 25 apreldagi «Respublika qо‘lyozma fondlariii 
birlashtirish haqida»gi qaroriga kо‘ra kutubxona О‘zbekiston SSR ning 
qulyozmalarni saqlovchi markaziy muassasasiga aylantirildi.1937 yil 17 mayda 
metodik markaz sifatida kutubxonada kutubxonashunoslik va bibliografiya kabi-
neta tashkil qilindi.Urush yillarida kitobxonlar soni ortdi, ularning tarkibi ham 
kengaydi: talabalar, ilmiy hodimlar, ishchilar, harbiylar, vaqtincha Toshkentga 
kо‘chib kelgan tanikli kishilar shular jumlasidandir.Kutubxona harbiylar 
kasalxonalarida, zavod-fabrikalarda ommaviy ishlar olib bordi.Ma’lumotnoma-
bibliografiya ishlari kengaydi. Tavsiya bibliografiyasi turli mavzular, turli 
muammolar bо‘yicha nisbatan juda xam kuplab tuzildi. Urush yillarida ilmiy 
sessiya va yirilishlar xam о‘tkazib turildi. Kutubxona tarixida birinchi marta 1942 
yil Unda yirik kutubxonashunos va bibliograf olimlar turli muammolar yuzasidan 
ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Ikkinchi sessiya 1944 yili о‘tkazildn. Bu 
respublikaning 20 yilligiga bag‘ishlandi. 1945 yil 25—27 iyulda kutubxona tashkil 
topganining 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan sessiya bо‘ldi. Unda YE. K. Betger, 


117 
T. G. Stern, M. N. Yakovleva, N. N. Benediktova, professor A A. Semenovlar 
qatnashdi.Urushdan keyingi yillarda kutubxona fondi yana boyib bordi. Bolgariya, 
Polsha, Ruminiya, AKSH, Yaponiya, Fransiya, Angliya, Germaniya, Koreya Xalq 
Demokratiya Respublikasi va boshqa davlat kutubxonalari bilan kitob 
almashdi.1970 yilga kelib dunyoning 90 dan ortiq yirik kutubxonalari bilan kitob 
almasha boshladi. Ular orasida Arabiston, Turkiya, Eron, Afroniston kabi 
mamlakatlar ham bor edi.1971 yilga kelib, kugubxonaning kitob fondi 3.718333 
dan oshdi. 50 dan ortik mamlakat kutubxonalari bilan KAA orqali kitob almashdi. 
Kutubxona 1948 yil 15 maydagi UzSSR Vazirlar Kengashining qaroriga kо‘ra, 
buyuk mutafakkir va shoir A. Navoiy nomi bilan atala boshladi. Kutubxonaning 
tarkibiy tuzilishi О‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangandi. Unda 
direksiya, kutubxona fondini tо‘ldirish bо‘limi va ichki va xalqaro kitob almashuv 
sektori: kitob fondiga ishlov berish va kataloglarni tashkil etish, xamda О‘rta 
Osiyo xalqlari adabiyotiga ishlov berish, alifbo va sistemali katalog, adabiyotlarga 
gruppali ishlov berish sektorlari bilan birga, kitobxonlarga xizmat kо‘rsatish 
bо‘limi : kutubxonalararo abonement, san’at, ommaviy ishlar, chet el adabiyotlari 
bо‘limi va о‘quv zali, kitob fondini saqlash bо‘limi, milliy bibliografiya, 
ma’lumotnoma-bibliografiya, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik, noyob nashrlar, 
о‘smirlar bо‘limi mavjud edi. Kutubxona xozirgi vaqtda bosma asarlarning milliy 
xazinasiga aylangan bо‘lib , uning umumiy mikdori 5 mln. bosma birlikni tashkil 
etadi. 1991 yilda 77,9 ming nusxa yangi matbuot asarlari bilan tо‘ldirildi. Olingan 
nashrlarning 11,6 foizi, ya’ni 9100 nusxadan ortig‘i о‘zbek tilidagi nashrlardir. 
Kutubxona 35 ta xorijiy mamlakatnnmg 97 kutubxonasi bilan, sobiq ittifokdosh 
respublikalarning 190 kutubxonasi bilan nashrlar almashadi. Kutubxona respublika 
milliy kutubxonasi sifatida О‘zbekistonda chiqadigan nashrlarning bepul majburiy 
nusxasini oladi. U tavsiya bibliografiyasining hamda kutubxonashunoslik, 
bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik bо‘yicha ilmiy-tadqikot ishlarining markazi 
hisoblanadi. Shuningdek, u madaniyat va san’at masalalari yuzasidan axborot, 
kutubxonalararo abonement» va xalqaro kitob ayirboshlash muammolari buyicha 
muvofiqlashtiruvchi markazdir. Kutubxona respublika miqyosida bosh metodik 
markaz rolini bajaradi. U barcha viloyat kutubxonalari faoliyatini о‘rganadi, ularga 
tavsiyalar, operativ xatlar, metodik kо‘rsatmalar ishlab chiqish, seminarlar, 
konferensiyalar tayyorlash va о‘tkazishda metodik yordam kо‘rsatadi, rahbarlikni 
amalga oshiradi.Kutubxona bosh metodik markaz sifatida respublikadagi boshka 
tarmoq metodik markazlari faoliyati bilan о‘z ishlarini muvofiqlashtiradi, ilg‘or 
tajribalarni о‘rganadi, tahlil kiladi va tegishli kutubxonalar ishlariga joriy qiladi. 
Ilmiy-metodik ishlar bо‘yicha muvofiklashtiruvchi markaz vazifasini bajara borib, 
A. Navoiy nomidagi respublika milliy kutubxonasi metodik ishlarning yig‘ma 
istikbolli va joriy rejalarini («О‘zbekistonda kutubxona ishiga oid metodik 
qullanmalar sistemasi 1986— 1990 va 2000 yillargacha») takomillashtirmokda. U 
respublika kutubxonalarining о‘zaro hamkorligi tо‘g‘risidagi nizomini ishlab 
chiqadi, ilmiy-amaliy konferensiyalar о‘tkazadi, kutubxonalarning ishi kо‘rigini 
tashkil qiladi Mildiy kutubxona ommaviy kutubxonalar uchun 1961 yildan boshlab 
о‘zbek va rus tillarida «Muhim sanalar kalendari», 1976 yildan ilmiy, nazariy xam 


118 
amaliy masalalar yoritiladigan «О‘zbekistan kutubxonalari» tо‘plamini, har yili 30 
nomga yaqin metodik qо‘llanmalar nashr etib, kutubxonalarga tarkatadi. Viloyat 
davlat universal ilmiy kutubxonalari (bundan keyin qisqacha viloyat kutubxonasini 
OK deb» ataymiz). OK tashkil qilnngan dastlabki yillardayoq bu kutubxonalarning 
madaniy-tarbiyaviy faoliyati ularning adabiyotga bо‘lgan kasbiy talablarni 
qondirish vazifasi bilan qо‘shib olib borilmoqda. 30- yillardan boshlab rasmiy 
xujjatlarda, 1965 va 1983 yillardagi namunaviy ustavlarda OK doimo universal 
ilmiy kutubxona-deb xisoblanadi.OKning turkumiy xususiyatlariga ta’rif bergan 
vaqtda ular tarixiy taraqqiiyotning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. 
Birinchidan, 60- yillarning о‘rtalariga qadar OK ma’lum darajada ommaviy 
kutubxonalar vazifasini bajardi, bu esa ilmiy va maxsus adabiyotdan yetarli 
foydalanmaslikka olib keldi. Ikkinchidan kо‘p yillar mobaynida bu 
kutubxonalardagi ilmiy adabiyotlarning universal fondi mavjud xududdagi deyarli 
yagona muassasa bо‘lib kelganligi oqibatida ayrim OK о‘z faoliyatining vazifa va 
mavzu chegaralari tо‘g‘risida tasavvurga ega emasdilar, xamda 60- va 70-yillarda 
vujudga kelgan maxsus kutubxonalarning imkonnyatlarini xisobga olmay, barcha 
axborot talablarini о‘z kuchlari bilan qondirishga xarakat qildilar. Mafkuraviy va 
axborot muassasasi bо‘lgan OK e’tibori mehnatkashlarni axloqiy tarbiyalash 
maksadida va ilmiy-texnika taraqqiyotiga yordam berish yuzasidan adabiyotni 
keng targ‘ib qilishga qaratilgandir. Universal ilmiy kutubxonalar sifatida OK ni 
rivojlantirish tabaqalashtirilgan tarzda xizmat kо‘rsatishni shunday tashkil qilishni 
takazo etadiki, toki u kitobxonlar barcha guruhlarining ortib borayotgan 
qiziqishlarini kondiradigan bо‘lsin. Shu boisdan ishchilar, xizmatchilar, talabalar 
va boshqa guruxdagi kitobxonlarning maxsus talablarini qondirish, ilmiy 
xodimlarga va xalq xо‘jaligi mutaxassislariga xizmat kо‘rsatish OKning muxim 
vazifasidir. Bunda OK davlat boshqarish organlari xodimlariga, olimlarga, xalq 
xо‘jaligi mutaxassislariga, xalq maorifi va madaniyat xodimlariga, sanoat va 
qishloq xujaligi ilg‘orlariga, ixtirochilariga kо‘proq e’tibor beradi. OKning 
universal ilmiy kutubxonalar sifatida qaror topishi va rivojlanishi О‘zbekistonning 
ma’muriy-hududiy rayonlari iqtisodiyotini, fanini va madaniyatini rivojlantirish 
bilan chambarchas bog‘langan. OK yagona hududiy ma’lumotnoma axborot 
fondlarini vujudga keltirish doirasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, 
tabiiy-geografik, demografik xususiyatlariga muvofiq bilimlarning barcha sohalari 
bо‘yicha kitob fondini tо‘ldiradi. U mazkur xududda yashayotgan xalqlar 
tillaridagi adabiyotni va о‘lkashunoslik adabiyotlarini zо‘r berib tо‘playdi. Pullik 
majburiy nusxa negizida tarkib topgan g‘oyat boy universal fondga ega bо‘lgan 
OK (bir oyga о‘rta hisobda 500 ming nusxa tо‘g‘ri keladi) xududda matbuot 
asarlarining markaziy ombori vazifasini bajaradi. OKlar viloyat ahamiyatiga ega 
bо‘lgan depozitar kutubxona xisoblanadilar. О‘lkashunoslik sohasidagi xududiy 
axborot bibliografik, ilmiy-tadqiqot hamda uslubiy markaz vazifasini bajarishi 
OKning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Kitob fondini tо‘ldirish, 
ma’lumotnoma-qidiruv apparatini va kutubxona-axborot xizmati kо‘rsatishni 
tashkil etishdan iborat barcha kutubxonalar uchun umumiy bо‘lgan vazifani OK 
viloyatda tarkib topgan axborot turlarini hamda boshka sistema va turli idoralarga 


119 
qarashli kutubxonalar va ilmiy-texnika axboroti organlari taqdim etadigan ana 
shunday qurilmalardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olib ado etadi. 
Universal ixtisosdagi birdan-bir hududiy ilmiy kutubxona sifatida OKning о‘ziga 
xos xususiyati ana shundaydir. Ilmiy-texnika axboroti umumdavlat sistemasi 
hamda madaniyat va san’at bо‘yicha axborot hududidi organlarining yutug‘i 
viloyat kutubxonalarida hududiy ilmiy-texnika axboroti markazlarini tashkil 
qilishni taqozo etdi. Xozirgi vaqtda OKning asosiy kо‘pchiligida shunday 
bо‘linmalar ishlab turibdi. Ma’lumotnoma-axborot fondlari vujudga keltirilmokda, 
axborot abonementlari doirasi belgilanmokda, muassasalarda xamda madaniyat va 
san’at muxlislariga axborot xizmati kо‘rsatish shakllari tarkib topmoqda.OK da 
tabiiy-ilmiy va tibbiy, fizika-matematika va texnika, san’at va badiiy, gumanitar 
fanlarga oid adabiyot qishlots xо‘jaligi, о‘lkashunoslik va milliy adabiyotlar 
majmuidan iborat bо‘limlar tashkil qilindi.Xududning ilmiy-texnika imkoniyati 
darajasiga sanoat ishlab chiqarish tuzilishi, ilmiy muassasalar va oliy о‘quv yurtlari 
tarmog‘i, olimlar va mutaxassislar soni va tarkibi hamda maxsus kutubxonalar va 
ilmiy-texnika axboroti organlarining mavjud tarmog‘iga qarab OKni shartli 
ravishda uch gurug‘ga bо‘lish mumkin.Ilmiy va loyiha tashkilotlari kо‘p bо‘lgan, 
xalq xо‘jaligi tarmoqlari keng rivoj topgan, injener texnik xodimlar va xalq 
xо‘jaligining boshqa mutaxassislari hamda talabalar kо‘p tо‘plangan, boshqa 
sistemalardagi va turli idoralarga qarashli kutubxonalar tarmog‘i rivollangan, 
markaziy hududiy tarmoq kutubxonalari hamda axborot organlarining ilmiy-
texnika axboroti kutubxonasi, viloyat tibbiy kutubxonasi, Fanlar akademiyasi ilmiy 
kutubxonalari va shu kabilar mavjud bо‘lgan eng yirik viloyat, respublika 
markazlarida joylashgai kutubxonalar birinchi guruhga kiradi (masalan Toshkent
Samarkand, Angdijon, Farrona oblayet kutubxonalari). OK ning ikkinchi guruhi 
ilmiy muassasalar va oliy о‘quv yurtlarining tarmog‘i kamroq rivoj topgan, asosan 
sanoat korxonalari kо‘p bо‘lgan, tor tarmoqlar bо‘yicha maxsus kutubxonalar 
ishlab turgan, ilmiy-texnika axboroti territorial markazlari bо‘lmagan yirik 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin