Ismailova zuxra karabayevna


- chizma. Rahbarning munosabati



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Pedagogika

29- chizma. Rahbarning munosabati.
Rahbarning boshqa odamlarga, jamoaga, jamiyatga munosa- 
batiga qarab uning:
— dilkashligi yoki qarama-qarshiligi;
— ochiq ko‘ngilligi yoki injiqligi;
— sezgirligi;
— o‘rtoqchiligi;
— xushmuomalaligi kabi xislatlari aniqlanadi.
Insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida o‘z qadr-qimma- 
tini his etish, to‘g‘ri tushunilgan g‘urur va u bilan bog‘langan 
o‘z-o‘zini tanqid qilish, kamtarlik yoki uning aksi bo‘lgan surbet- 
lik, shuhratparaslik va hokazolar ko‘zga tashlanadi. Rahbarning 
o‘z ishiga va mehnatga munosabatida esa, unda eng avvalo:
— tashabbuskorlik, tirishqoqlik, mehnatsevarlik yo, aksincha, 
erinchoqlik, qiyinchiliklarni yengib o‘tish ishtiyoqi yoki cho‘- 
chish, haqgo‘ylik, saranjom-sarishtalik kabi sifatlar ajralib turadi.
Bu borada biz faoliyat tushunchasiga katta ahamiyat berishi- 
miz zarur.
Rahbarning boshqaruv texnikasi — ish faoliyatida ham, ish- 
dan tashqarida ham zarur bo‘lgan umumiy malakalar majmuyidir 
(30- chizma).
146


30- chizma. Boshqaruv texnikasining tuzilishi.
Faoliyat insonning muhit bilan o‘zaro faol munosabatidir. 
Ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan institut talabasi faoliyatining 
maqsadi o‘zini moddiy jihatdan ta’minlash va butunlay mustaqil 
odam bo‘lish uchun hunar egallashdan iborat.
Faoliyat kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turila- 
digan ichki va tashqi faolligidir, harakatlarning avtomatlashtirili- 
shi esa malakalarni yuzaga keltiradi.
Faoliyat
mashq qilish, o‘quv, bilim, aql hosilidir
Malaka
Mahorat egasi oz mehnat qilib, katta natijalarga erishadi 
(31- chizma). Faoliyatning samarali bo‘lishi uchun rahbarda qo- 
biliyatning quyidagi turlari bo‘lmog‘i lozim:
1. Bilish qobiliyati.
2. Tushuntira olish.
3. Kuzatuvchanlik.
4. Tashkilotchilik.
5. Obro‘ orttira bilish.
6. To‘g‘ri muomala qila olish.
7. Kelajakni ko‘ra bilish.
Hozirgi davr sharoitida boshqaruv faoliyatini xalq xo‘jaligi- 
ning yakuniy natijalariga, jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga, 
iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirishning ta’sirchan tizimidan 
mohirlik bilan foydalanish, uni yuksak darajadagi davlat intizomi
147



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin