1 I. A. Karimov. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.:
«Sharq»,1997. 9-bet.
3
rida pedagogika fani o‘qitila boshlandi. Nopedagogik yo‘nalish-
lardagi bakalavrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida pedago
gika fanini o‘qitish jarayonida talabalarda quyidagi pedagogik
bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi:
— talaba o‘z ixtisosligini o‘zlashtirishi davomida hamda ijti-
moiy va gumanitar fanlar bo‘yicha beriladigan bilimlarni ongli
egallashi uchun pedagogika fanning nazariy asoslarini o‘rganishi
va bu bilimlarga ko‘nikma hosil qilishi;
— o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotla-
rini to ‘g‘ri tashkil qilish, texnikani o‘rganish, ulardan ehtiyotko-
rona foydalanish davrida pedagogikaning asosiy tarbiya metod-
larini o‘rganishi va malakalarga ega bo‘lishi;
— mutaxassislik fanlaridan ilg‘or pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil qilingan darslarning mohiyatini anglashdan avval
pedagogik texnologiya degan birikmaning m a’no-mazmunini
tushunib yetib, o‘z m a’naviyati ustida tinmay ishlash ko‘nikma-
sini hosil qilishi;
— mutaxassislik fanlaridan O‘rta Osiyo va jahon xalqlariga xos
bo‘lgan bilimlarni egallash davrida ularning pedagogik merosi
bilan tanishib, o‘zida umuminsoniy qadriyatlarga xos bo‘lgan
milliy g‘ururni namoyon qilishi;
— mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish, nazoratlarni vaqtida
topshirish, fanlardan yaxshi natijalarga erishish uchun bilish
faolligini oshirishi, bilish nazariyasi asoslarini o‘rganishi va shu
bilan birga ta’lim olish usullari bilan tanishishi.
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtini tugatuvchi talaba kelajakda
faqat o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib qolmasdan, balki
ma’naviy-intellektual yetuk shaxs bo‘lib yetishishini ta’minlash
maqsadida uning ko‘z o‘ngida mustaqil fan sifatida shakllana-
digan qilib yozilgan.
4
|