bolalarni o‘qitish) masalalari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika
fanlar tizimining muhim tarmog‘i bo‘lgan aniq fanlarni o‘qitish
va o‘rganish qonuniyatlarini o‘rgatuvchi uslubiyot fanining ham
xizmatlari beqiyosdir. Har bir fanning o‘ziga xos usullari mavjud.
Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslubiyot deb atashlari
ham bejiz emas.
Keyingi yillarda oila pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedago
gikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllan-
moqda. Pedagogika bundan keyin ham mustaqil fan sifatida
shakllanib boraveradi.
1.4. PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT
METODLARI
Pedagogika muammolarini hal qilishda turli-tuman tadqiqot
metodlari mavjud. Metod lotincha «mitodos» —
y o ‘l
so‘zidan
olingan. Ilmiy tadqiqot shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy,
milliy
va ijtimoiy hayot hodisalarini, qonuniyatlarini bilishga
xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlarini tavsiflash olimlar
tomonidan turlicha asoslab berilgan.
Akademik S. Rajabov tahriri ostidagi «Pedagogika»da kuza-
tish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish,
eksperimentlar me-
todi, statistika m a’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar,
hisoblash, matematika va kibernetika metodlari asoslab berilgan.
I. F. Xarlamov «Pedagogika» o‘quv qo‘llanmasida pedagogik ku-
zatish, suhbat, tajriba-eksperiment, maktab hujjatlarini o‘rga-
nish, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, ijtimoiy-sotsiologik tad
qiqot, matematik hisoblash metodlari haqida to‘xtaladi.
S.
P. Baranov va boshqalar yaratgan «Pedagogika» qo‘llanma-
sida
esa kuzatish, savol-javob, hujjatlarni o ‘rganish, eksperi-
ment-tajriba, modellashtirish metodlari beriladi. A. Munavvarov
tahriri ostidagi «Pedagogika» o‘quv qo‘llanmasida kuzatish, suh
bat, bolalar ijodini o‘rganish, test-so‘rovnomalar,
maktab huj-
jatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari haqida
so‘z boradi. Mavjud pedagogika darslarining deyarli barchasida
metodlarni tavsiflab chiqishda bir xillik mavjud. Ilmiy-pedagogik
tadqiqot metodlaridan talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi,
aspirant-
tadqiqotchi va ilmiy xodimlar biror pedagogik muammoni hal
16