3- chizma. Pedagogika fanini o ‘rganishda zarur bo‘ladigan
muhim jihatlar tizimi.
10
berdilar. O‘tmish ajdodlarimizning barkamol inson tarbiyasiga oid
g‘oya va ta ’limotlarini o‘rganib, unga suyangan holda aytish
mumkinki, yangicha sharqona pedagogikaning metodologiyasi
milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlash va unga amal qilishdir.
Pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalari, tamoyil,
usul va vositalari, umuman, har bir inson uchun zarur bo‘lgan
tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.
Prezidentimiz I. A. Karimov bu borada shunday degan edi:
«O‘zbekistonning yangilanish va rivojlanish yo‘li to ‘rtta asosiy
negizga asoslanadi:
— umumiy qadriyatlarga sodiqlik;
— xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivoj-
lantirish;
— insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
— vatanparvarlik (I. A. Karimov. «O‘zbekistonning o‘z istiqlol
va taraqqiyot yo‘li. Toshkent, «O‘zbekiston», 1992-y., 65-bet).
O‘zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustah-
kamlashda pedagogika fani metodologiya asoslari muhim ahami-
yatga ega va unga bevosita bog‘langan holda har bir pedagog ma-
salalarga ijodiy, taraqqiyot nuqtayi nazardan yondashishi zarurdir
(3- chizma).
1.3. PEDAGOGIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI
VA TARMOQLARI
Pedagogika fanida bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi
tushunchalar mavjud: tarbiya, ta’lim, ma’lumot. Tarbiya ijtimoiy
hayot uchun juda zarur va yuksak m a’naviy-jismoniy barkamol-
likka yetaklovchi vosita bo‘lib, yaxshini yomondan farqlash, buyuk
insoniy fazilatlarni shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishi-
lik jamiyatining hamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib, avloddan-
avlodga vorislik vositasida o‘tib boradi. Lekin har bir jamiyatda
tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi.
Xalqning iqtisodiy, siyosiy va m a’naviy zaruriyatidan kelib
chiqib, yosh avlodni tarbiyalash muammolari dastlab xalq og‘zaki
ijodiyoti pedagogikasi, yozma yodgorlik, pandnomalarda, tafak-
kur qilishga va ma’rifatparvarlikka undovchi asarlarda bosh mav-
11
zu bo‘lib kelgan va insonni komillikka yetaklovchi zaruriy hodisa
sifatida talqin etilgan. Axloq va odob, vatanga cheksiz muhabbat,
adolat, insof, rostgo‘ylik, botirlik, vafodorlik, mehnatsevarlik, ilm,
bilimdonlik kabi g‘oyalar tarbiya vositasi hamdir:
Vatan qadrini
bilmagan o ‘z qadrini bilmas, Vatanga kelgan — iymonga kelar.
Bola tug‘ganniki emas, tarbiyalaganniki. Ota g ‘ayratli bo‘lsa, bola
ibratli bo‘lar
va hokazo.
Hadis ilmida ham tarbiyaning inson kamoloti uchun naqadar
zarurligi, ota-ona, oila, qarindoshlar hamjihatligi, ilm, bilimdon
lik, mehnatsevarlik, vatanga cheksiz muhabbat kabi sifatlar
ulug‘lanadi:
Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-
odobini ham yaxshilangiz. Otaga itoat qilish Tangriga itoat qilishdir...
Xalq og‘zaki ijodiyoti va pedagogikasida tarbiya muammosi
iqtisodiy, ijtimoiy, jismoniy, ma’naviy qarashlarni o‘ziga qamrab
olgan bo‘lib, ular tarbiya orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Tarbiyaning kuch-qudratini Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub»
asarida quyidagicha ta’riflaydi:
Qobilga tarbiyat erur ul nav’kin guhar,
Tushsa, najosat ichra yugay kimsa ani rok.
Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv,
Bu tarbiyat bila qila olgaymu ani toq.
Alisher Navoiy mazkur she’rida tarbiya jarayonini to ‘g‘ri
tashkil etish va uning qonun-qoidalariga amal qilishga chorlaydi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining milliy pedagogika fanida
tarbiya inson muammolari, ajdodlarimiz g‘oyalariga suyangan
holda, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb hisoblanadi:
— Tarbiya inson faoliyati jarayonida tartibli ta’sir etuvchi
hodisa bo‘lib, natijasini insonning yashab turgan ijtimoiy sharoiti
belgilaydi.
— Inson kamolotini xarakterlovchi kuch o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklarning mavjudligi uning shaxsiy hayotida namoyon
bo‘ladi.
— Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining atrofdagi narsa va
hodisalarga qiziqishini uyg‘otish va uni e’tiqodga aylantirish kerak.
— Tarbiya yoshlarning kattalar bilan, kattalarning yoshlar
bilan qonuniy munosabati natijasida amalga oshiriladi.
12
Tarbiya jarayonining qonun, qoida, tamoyil va usullarini peda
gogikaning tarbiya nazariyasi qismi chuqur va atroflicha o‘rganadi.
Bilimni tartibli bayon qilish ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog‘-
langan jarayon bo‘lganligi sababli o‘quvchilarning aqliy kamo-
lotiga tartibli ta’sir ko‘rsatish orqali ular ilmli, barkamol inson
bo‘lib yetishadilar. Ta’limning ahamiyati, insonga beradigan
foydalari haqida Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» asari-
da shunday yozgan edi:
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar,
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik olar.
O‘quvli tirikdir, o‘quvsiz — o‘lik,
Kelu, ey o‘quvsiz, uquv ol o‘lik.
Pedagogikada bir qancha tushunchalar mavjud bo‘lib, ular
bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Chunonchi:
Bilim —
bir butunni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ular-
ning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlik. Uni qonuniyat
deb ham yuritiladi. Ya’ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil
hayotda, faoliyatda, jumladan, ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan
fan asoslarini, qonun va tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir.
Tarbiya —
keng qamrovli tushuncha bo‘lib, avloddan-avlodga
ijtimoiy-tarixiy tajribalarni yetkazish, shaxs shakllanishiga uzluk-
siz, maqsadga muvofiq, izchil ta’sir etish orqali uni mustaqil hara-
katga, ishlab chiqarish, foydali, unumli mehnatga tayyorlashdir.
Tarbiya ta’limsiz amalga oshmaydi. Ta’lim berishdan maqsad,
uning ketidan tarbiya berishdir, ya’ni ta’lim orqali egallangan
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatiladi. Tarbiyaning uch
xil talqini mavjud: 1. Bola boqib katta qilish. 2. Parvarish, qarov,
tarbiyalab voyaga yetkazish. 3. Inson olgan bilimlarini amaliyotda
qo‘llay bilishi. Masalan: odob-axloqqa o‘rgatish — axloqiy tar
biya, kasb-hunarga o ‘rgatish — kasb tarbiyasi, atrof-muhitni
e’zozlashga o‘rgatish — ekologik tarbiya va hokazo.
M a ’lumot
— o‘qish jarayoni va uning natijasi hisoblanib,
o‘quvchining bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganligi,
bilish qobiliyatining o‘sganligi va ular asosida ilmiy dunyoqarashi,
shaxsiy sifatlari shakllantirilganligini, ularning ijobiy xislatlari va
qobiliyatlari qay darajada rivojlanganligini anglatadi. U ikki m a’-
13
noda ishlatilib, ikkisi ham pedagogikaga tegishli: 1. Xabar —
o‘qitish jarayonini amalga oshiruvchi vosita. Bilimli kishilarning
unga talabgor bo‘lganlarga bilim berishlari, yetkazishlari. Ma’lum
qilish, ya’ni til va ko‘rgazmalar yordamida uni boshqalarga bil-
dirish. 2. Bilim darajasi — o‘qitish, bilish, borliqdagi obyektiv
qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig‘indisi:
past, o‘rta va yuqori m a’lumotli va hokazo.
K o‘nikma
— malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning
ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ra-
vishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi. Ko‘nikma o‘quvchilarda
ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladi.
Malaka
— o‘quvchilarning mehnat jarayonidagi harakatini
(yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga mu-
vofiq shakllantirish va shu oqrali mehnatda ijobiy natijalarga
erishib, uni ongli va to ‘g‘ri bajarishga tayyor bo‘lishdir.
Mahorat
— turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish
hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy
ta’limning mutloq maqsadidir. Mahorat — bu murakkab ishni
tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va
barqaror ritmidir.
Odob-axloq
— shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan muno-
sabatlaridagi xatti-harakatlarning belgilangan, aniqlangan usuli
bo‘lib, tasavvurlar va qarashlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni shaxs
shakllanadigan manba hisoblanadi.
Shaxs
— jamiyat a’zosi sifatida o‘z-o‘zini anglashi va tafakkur
faoliyatining obyektivligi. Muloqotda hamda kamolga yetishishda
nasl (irsiyat), biologik, ijtimoiy muhit, maqsadga muvofiq amalga
oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat, o‘zining faoliyati ham
muhim ahamiyatga ega.
Shaxsning axloqiy sifatlari
— shaxsning aqliy jihatdan kamo-
lotga yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali
namoyon bo‘ladi: bilag‘onlik, obyektivlik, fikrlovchilik, qobiliyat-
lilik va h. k.
Tizim
— yunoncha «sistema» so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak-
lardan hosil bo‘lgan, birikish ma’nosini anglatadi. Ya’ni yaxlit,
butunlikda faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro bog‘liq elementlar-
ning yig‘indisidir.
14
|