Dars berish bilan birga tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshi-
rish kerak. Buning uchun pedagog ta’lim-tarbiya ishlarini dars-
dan tashqari olib borishni ham rejalashtirishi mumkin. Bu ishlar-
ni tashkil qilish va o‘tkazish usullarini tarbiyaviy ish metodikasi
(TIM ) fani o‘rganadi. K o‘rib turibmizki, pedagogika axloq,
odobshunoslik, tarbiyashunoslik fanlariga ham uzviy bog‘liqdir.
Shuni aytib o‘tish joizki, pedagogika fani nopedagogik oliy
o‘quv yurtlarida faqatgina ijtimoiy fanlar bilangina emas, balki
texnika fanlari bilan ham uzviy bog‘liq holda olib boriladi.
1. Pedagogikaning maqsad va vazifalarini izohlab bering.
2. Pedagogikaning predmeti va obyekti nimalardan iborat?
3. Pedagogika fani nimalarni o‘rgatadi?
4. «Pedagogika» atamasining ma’nosi qanday?
5. Pedagogikaning metodologik asosini tushuntirib bering.
6. Pedagogikaning asosiy tushunchalari mazmunini gapirib bering.
7. Pedagogikaning qanday ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud?
8. Pedagogika qanday fanlar bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘qitiladi?
9. Pedagogikaning qanday asosiy tarmoqlari mavjud?
10. Maxsus pedagogika va uning turlarini aytib, izohlab bering.
1. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi».
- T.: 1997.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.
- T.: 1997.
3.
I. Karimov.
«Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori». — T.: 1997.
4. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. I jild, (tuzuvchi-mualliflar:
K. Hoshimov va S. Ochil). — T.: «O‘qituvchi», 1995.
5.
Dostları ilə paylaş: