I
BOB
PEDAGOGIKANING UMUMIY
ASOSLARI
1.1. PEDAGOGIKANING PREDMETI,
MAQSAD VA VAZIFALARI
Shaxsni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash insoniyat-
ning azaliy orzusi bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ma’rifat va madani-
yatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetak-
lash yo‘llari, qonun va qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, inson-
ning m a’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fani
yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. «Pedagogika» grekcha so‘z
bo‘lib, «paydogogos» —
«bola yetaklovchi»
m a’nosini anglatadi.
Insonlarning ma’rifiy va m a’naviy barkamollikka munosabatlari
o‘zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to ‘g‘ri yo‘lga solish
san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa
insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi
qatoridan alohida o‘rin egalladi.
Pedagogikaning bosh masalasi — tarbiyadir. Tarbiyaning keng
ma’no-mazmuni — ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘lagan
holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir. Inson tarbiyasiga
oid g‘oyalar, qoida va qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalar-
da, yozma yodgorliklarda hamda hadislarda asoslab berilgan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib, boyib borishida Sharq
va G ‘arb qomusiy pedagog-olimlarining o‘rni kattadir. Faylasuf
Forobiy o‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida
tarbiya orqali insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab berdi. Ibn
Sinoning «Tadbir al-manzil», Umar Xayyomning ruboiylari,
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Kaykovusning «Qobus-
noma»si, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i ... inson
ko‘nglini turli bilimlar xazinasiga aylantirdi va bu tilsim ichida
Tangri o‘zini yashirdi. Insonning ajoyib jismi bir maxfiy sir xazi-
nasi o‘laroq o‘zida ana shu ganj tilsimini saqlaydi, ya’ni Olloh-
ning butun olamni yaratishdan ko‘zlagan maqsadi — Inson
bo‘lib, u hamma mavjudotlar ichida tengi yo‘qdir.
5
G ‘arbda Suqrot, Aristotel, Platon o‘z ijodiyotlarida, ayniqsa,
Platon «Davlat», Aristotel «Siyosat» asarida, Yan Amos Komen-
skiy, I. G. Pistalotssi, Gerbart, K. D. Ushinskiylar o‘z ijodiy pe-
dagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi — tarbiya
muammosiga turlicha munosabat bildirib, pedagogika tarbiya
haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. M a’rifat darg‘asi Abdulla
Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida pedagogika faniga
quyidagicha ta’rif bergan edi: «Pedagogika» tarbiya, ya’ni bola
tarbiyasi fani demakdir. Ilmi axloqning asosi tarbiya... Bolaning
salomati, sadoqati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tut-
moq, yosh vaqtida maslakini tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgat-
moq, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoqdir». Pedagogika komil
insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak
ma’naviy mafkurani shakllantiruvchi qonun-qoida, tamoyil va
usullarni o‘rganuvchi fandir.
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o‘zining nazariy,
milliy va amaliy asoslariga ega.
Pedagogikaning milliy asosi ta’lim-tarbiya masalalarini har bir
millatning o ‘z milliy merosini umumbashariy, umuminsoniy
qadriyatlar bilan bog‘lagan holda amalga oshirishdir. Har bir mil
latning o‘ziga xos meros va qadriyatlariga suyangan holda, tar-
biyashunoslik masalalarini milliy asosda yosh avlodga yetkazish
mazmuni, shakli, usuli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.
Prezidentimiz aytganlaridek, fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarning ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va
tashkilotchisidir. Bunday yangicha yondoshishlar pedagogika
fanining obyekti va predmetini kengaytiradi. Endi pedagogika
fanining obyekti faqat ta ’lim -tarbiya jarayonining nazariy,
metodologik asosini ta’minlovchi fan emas, balki komil inson
shakllanishi, rivojlanishini ta’minlaydigan keng sohalarni ham
o‘z ichiga oladi (1- chizma).
«Pedagogika» fanining predmeti o‘qitishning, ta’lim-tarbiya-
ning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan
kishilarni, yoshlarni qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning
metodolotik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning milliy-ma’-
naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlat-
ning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi (2- chizma).
«Pedagogika» fanining obyekti muayyan ilm sohasi yoki tar-
moq ilmi tadqiqotlarini aniq bir majmuaga qaratishdir.
6
|