Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Ezoterik paradigma. 
Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy 
ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan 
so‘zma-so‘z tarjimasi “sirli”, “yashirin” ma’nolarini bildiradi. Uning 
mohiyatini abadiy va o‘zgarmas haqiqatga munosabat tashkil etadi. 
Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki 
bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. 
Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi tahsil oluvchining tabiiy kuch 
va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos 
bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funksiyasi 
ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga 
oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir. 
4.3. Pedagogik mahorat asoslari
Pedagogik faoliyat
— pedagogning tahsil oluvchilarga ta’lim va 
tarbiya berish vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik 


111
ta’sir o‘tkazish vositalari bilan amalga oshiriladigan kasbiy 
faolligidir. O‘qituvchi bu mazkur faoliyatning bir necha turlarini 
bajaradi: 
o‘qitadi, tarbiyalaydi, yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadi, tashkil 
qiladi, targ‘ibot yurgizadi, mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanadi

Bularning hammasi bevosita yoki bilvosita o‘qitish va tarbiyalash 
vazifalarini hal qilishga yo‘naltiriladi. Pedagogik faoliyat mobaynida 
motivatsion – mo‘ljalli bosqich, vaziyatni tushunish bosqichi 
namoyon bo‘ladi; motivlar tug‘iladi, faoliyatga ruhiy tayyorgarlik 
vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo‘yiladi va o‘zgartiriladi, 
pedagogning tarbiyalanuvchilar ruhiy rivojlanishiga ta’sir o‘tkazishi 
muvofiqlashtiriladi, pedagogik o‘z - o‘zini tahlil qilish usullari 
(diagnostika, bashorat va nazorat)dan foydalaniladi, qo‘yilgan vazifa 
hal etiladi, yo‘l qo‘yilgan pedagogik nuqsonlar bartaraf etiladi.
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham 
o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, obyekt, 
subyekt va vositalardan tashkil topadi. Bular: 
birinchidan,
pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan 
belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari 
bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama 
kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat 
avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi, bir avlod 
tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar 
tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy 
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi. 
ikkinchidan
, pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish 
bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad tahsil oluvchi maqsadiga 
aylanishi muhimdir. Unga erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog 
o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur 
qilishi va maqsadga erishish tahsil oluvchilar uchun ham ahamiyatli 
ekanligini ularga anglata olishi zarur. 
uchinchidan
, pedagogik (ta’lim, tarbiya) jarayonida tahsil oluvchi 
faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog 
maqsadi doimo tahsil oluvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Bu maqsadni tahsil oluvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur 
112
qiladi. Tahsil oluvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi yetishmasligi 
sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni 
esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Ijodkor pedagog Sh.A.Amonashvili bu 
nomuvofiqlikni «tarbiyadagi asosiy fojia» deb ataydi. Buni anglagan 
holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatini tahsil oluvchilar ehtiyojlari, 
ya’ni bilim, ko‘nikma, malaka olishga mo‘ljallab loyihalaydilar. Bu 
hamkorlik pedagogikasi, ya’ni “subyekt-subyekt” munosabatlarining 
mohiyatini ko‘rsatadi.
“Pedagogik mahorat” atamasiga mavjud pedagogikaga oid 
manbalarda: “o‘qituvchi – tarbiyachining pedagogik qobiliyati
1
”, 
“o‘qituvchining muaomala madaniyati va nutq san’ati
2
”, “pedagogik 
nazokat, odob va ahloq
3
”, “turli kelib chiqadigan pedagogik 
vaziyatlarga munosabat
4
”, “o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ilmiy 
ijodiy ishlash
5
” kabi tavsiflar berilgan.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin