Pedagogik san’at va mahorat, ularning qismlari va ijtimoiy ahamiyati. O‘qituvchi ta’lim - tarbiya jarayonida tahsil oluvchilarni
darsning turli elementlarini bajarishga jalb etadi, ularga tashkilotchi
va ijrochi rollarida qatnashishga imkoniyat beradi.
Muloqot shaxsni o‘zligini anglashga imkoniyat beradi. O‘qituv-
chining asosiy vazifalaridan biri – tahsil oluvchiga o‘zining “Meni”ni
anglashga yordam berishi, uning qadr-qimmati, o‘zligini bilishga,
o‘ziga baho berishga o‘rgatishi kerak. Pedagogik jarayonda rollar
almashinishi yordamida muloqot o‘rnatiladi. Bunda ijtimoiy
shakllanib qolgan xatti-harakatlar dasturlanadi.
Ijtimoiy rollar almashinuvi shaxsning har tomonlama namoyon
bo‘lishini ta’minlaydi, niqobni olib tashlab boshqa kishi roliga
kirish va shu bilan insonni inson orqali idrok qilish jarayoniga ta’sir
ko‘rsatadi. Ayniqsa, bugungi kunda keng tus olgan interfaol uslublar
orqali o‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs-rol shaklidan
foydalanadilar, darsning ayrim elementlarini bajarishga tahsil
oluvchilarni taklif qiladilar, har bir tahsil oluvchini o‘qituvchi rolini
bajarishga imkon beradilar. O‘z shaxsi qimmatini namoyon qilish
ham muloqot funksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Muloqotning
eng muhim funksiyalaridan biri – empatiyaga moyillik, hamdard
bo‘lishdir. U boshqa kishi hissiyotlarini tushunish, boshqalar nuqtayi
nazarini ma’qullash qobiliyatini shakllantirish jarayonida amalga
oshadi va jamoadagi munosabatlarni me’yorga keltiradi. Bunda tahsil
oluvchining istaklarini tushunish va bular asosida tahsil oluvchiga
ta’sir etish zarurligini anglash o‘qituvchi uchun juda muhimdir.
Muloqot funksiyalarini bilish o‘qituvchilar uchun dars va undan
tashqarida tahsil oluvchilar bilan bo‘ladigan muloqotlarni yaxlit
jarayon sifatida tashkil etishga yordam beradi.
118
Pedagogik muloqotni modellashtirish . “Modellashtirish – bi-
lish obyektlarini o‘z tushunchalari asosida tadqiq etish; jarayon va
hodi salarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida modellar orqali
o‘rganish”
1
.Darsga tayyorgarlik ko‘rayotganda muloqotning barcha
funksiyalaridan yaxlit tarzda foydalanishga erishish zarur.
Mohir
o‘qituvchi darsni modellashtirishda nafaqat fanga oid ma’lumot berish
haqida, balki tahsil oluvchilarning o‘z shaxsini namoyon qilishlari va
o‘z shaxsiy qobiliyatini ham ko‘rsata olishlariga sharoit yaratishni
rejalashtirishi zarur.
Muloqot, uning tarkibiy tuzilishi ustida izlanish olib borgan olim
Kan-Kalik fikricha, o‘qituvchi, ayniqsa, uning yordamiga muhtoj
bo‘lgan tahsil oluvchilarga alohida e’tibor berishi, har bir tahsil
oluvchini qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan
mehnatni tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘yishi lozim.
Muloqot texnikasini bilish o‘qituvchiga har bir vaziyatda o‘z xatti-
harakatlarini to‘g‘ri tashkil etishiga yordam beradi. O‘zaro ta’sir uchun
tanlangan noto‘g‘ri pedagogik xatti-harakat yoki noto‘g‘ri muloqot
shaklining qo‘llanilishi, ya’ni muloqotga uni amalga oshirish nuqtayi
nazardan tayyorlanmaganlik, o‘qituvchi va tahsil oluvchi o‘rtasida
kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Kommunikativ o‘zaro
ta’sir samaradorligini oshiruvchi quyidagi vositalarga to‘xtalib o‘tamiz.
Muloqotga moslashish – iborasi K.S.Stanislavskiy tomonidan
kiritilgan bo‘lib, u hal etilayotgan masala va pedagogik vaziyat xusu-
siyatiga moslashgan ruhiy mimika va pantomimika, nutq va harakat
usullari sistemasini tanlab muloqot tarkibini tashkil etishni angla ta di.
Insoniy muloqatning har qanday akti obyektga moslashuv tizimidan
iboratdir. Pedagogik muloqotni modellashtirishda ularni inobatga
olish zarur, chunki shifokorlarning kasbiy kommunikatsiyasida mos-
la shishning o‘zaro ta’sir etish samarasini oshiradi.