Bolalar kiyimlarni loyihalash jarayonida ishlab
chiqilayotgan kiyimning
zamonaviyligi, shakli, detallari, ularning mutanosibligi, bezaklari hamda buyum
chizmasini chizishda foydalaniladigan
hisoblash formulalari, uning tayyor holda
kerakli shaklni ta’minlovchi detallarining grafik usullari yordamida qurish nazarda
tutiladi. Bolalar kiyimlarini konstruksiyalash kattalar kiyimlariga o'xshash hisob-
kitoblar bo'yicha amalga oshiriladi, ammo har
bir yosh guruhiga mos tana
proporsiyasining o'ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi lozim. Bolalar kiyimini
konstruksiyalashda dastlabki ma’lumot sifatida tipovoy o‘lcham ko‘rsatkichlari va
ularga mos ko‘shimchalar qiymati asos qilib olinadi.
Ommaviy ishlab chiqarishda bolalar kiyimlari modellarini ishga tushirish uchun
texnik hujjatlar ishlab chiqish talab etiladi. Bolalar kiyimlarini loyihalashning
ko'plab usullari mavjud. Ularning aksariyatida dastlabki ma'lumotlar sifatida inson
tanasining o'lchamidan foydalanadi. Ommaviy va individual ishlab chiqarishda eng
keng tarqalgan usullar-bu Markaziy eksperimental va texnik tikuv laboratoriyasi
((ЦОТШЛ), Kiyimni konstruksiyalashning yagona sistemasi (EMKO CEB) va
nisbatan yaqin yillarda mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan “Myuller va
uning o‘gli”, “Unifred Aldrich” kabi usullar hisoblanadi. Ko'rib chiqilgan barcha
usullar bir-biridan o'lchov
belgilarining soni, konstruktsiyani yaratishga
yondashish printsipi, chizmaning strukturaviy birliklarini bajarish ketma-ketligi,
hisoblash formulalarining tuzilishi va grafik qurish usullari bilan farqlanadi.