O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

interferensiyasi 
deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam 
butunlay boshqa sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh 
vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning 
diavtomatizasiyasi
deyiladi. Malakalarning hosil bo’lish negizi va 
mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez 
o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalarning 
mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab 
tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin
hosil bo’ladi.
Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta'sir ko’rsatadi. Shaxsni 
individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi 
fikrlarni keltirib o’tish joiz. Atoqli psixolog 
K.K. Platonov
shaxsni "konkret odam 
yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", 
L.I.Bojovich
esa "odam o’zini anglash 
jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" 
deb ta'kidlaydilar. 
A.N.Leontevning
"Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs 
haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, 
har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida 
qoladi".
Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy 
munosabatlarning sub'ekti, o’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli 


108 
mavjudot sifatida e'tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy 
jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi. 
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili 
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi 
predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning 
yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning 
ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan 
psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari
fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib 
chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir. 
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli 
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning 
xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. 
B.G.Anan'evning
fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga 
ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining 
dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan 
olingan

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin