. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini
yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning
negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar
tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng
asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular
shaxsning tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga
ega bo’lib, u
V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini"
irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil
strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual
voqelik ustida gap borayotganini bildiradi.
A.G.Kovalevning fikricha,
temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:
Umuminsoniy psixologik xususiyatlar
Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos
xususiyatlar.
Shaxsning individual betakror xususiyatlari.
Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan
ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu
masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning
psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy
izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmushimizda biz
bilgan shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi.
AQSH psixologi
G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik
qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", o’zida oldindan maqsad va
dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda
qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan
109
yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’rnini psixologik talqin
egallaydi.
Psixologlardan