O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

V.Kyoler 
M.Vertgaymer, 
K.Dunkerlarning
eksperimental tadqiq otlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lgan 
predmetlarni yangi aloqalar va munosabatlarga fikran jihatini ochishni aniqladilar. 
Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy 
faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar. 
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq 
psixologiyasi oqimi o’tgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. 
Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar 
Dj.Uotson
(1878-1958) 
va 
E.Torndayk
. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga 
K.Levin
(1890-
1957) 
A.Vays
(1974-1931) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha 
mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. hozirgi davrda bu 
oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning 
mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, 
ya'ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda.
Dj.Uotson
tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, 
mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqotni birga qo’shib, keng 


215 
ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri 
nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she'rni yoki sitatani aniq 
esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub'ekt uchun 
yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish, yarim-yortisi unutilgan 
she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z 
yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va 
o’rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur 
malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi, chunki she'rni esga tushirish ham tafakkur deb 
talqin qilinadi.
Dj. Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga 
olmagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira e'tibor qilmagan. Nutq bilan 
tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq 
ko’rinishi sifatida olib qaralgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin