O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

3.Intellektual bosqich
- yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega bo’lganlar, 
ya'ni odamsimon maymunlarga xosdir. 
Seskanuvchanlik va tropizm 
Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks 
ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir.
Seskanuvchanlik
- tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan 
ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega 
bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga 
tropizm yoki 
taksislar 
deyiladi. 
 
Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga: 
Tropizm turlari. 
Fototropizm 
Termotropizm 
Xemotropizm 
Gidrotropizm 
Topotropizm
Geleotropizm 
Barotropizm 


27 
1.Fototropizm
- bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga 
kelishidir. 
Masalan
, yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib 
kelishi. 
2.Termotropizm
- tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga
moyilligidir. 
Masalan,
bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga 
kelishi. 
3.Xemotropizm
- tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga 
bo’lgan moyilligidir. 
Masalan
, achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning 
yig’ilishi. 
4.Topotropizm
- tirik organizmlarning mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri 
ostida harakat qilishiga moyiligidir. 
Masalan,
chirigan olmaga tegilsa, unga 
yig’ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib ketadi. 
Mimoza
o’simligiga 
tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi. 
5.Gemotropizm
- tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat 
qilishga moyilligidir. 
Masalan
, kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon 
harakatlanishi. 
6.Barotropizm
- tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga 
moyilligidir. 
Masalan,
havo bulut bo’lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar 
yerga pastga qarab uchadilar. 
7.Gidrotropizm
- tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat 
qilishiga moyilligidir. 
O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat 
bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni 
ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya 
qilishga doir boshqacha harakat qiladi. 
Masalan,
nomozshomgul kechki payt 
ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi.
Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. 
Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p 
ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi 
qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik 
yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori 
bo’lib, ong darajasiga ega. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin