V.P.Yagunkovaning ma'lumotlari bo’yicha idrok
qilishning aniqligi va xotirasi bilan, yangi original obraz va syujetlar tuzishdagi
tafakkur kuchi va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi
bilan, so’z boyligi va til sezgisi bilan farqlanadilar. Ba'zi birlarida voqelikka
mulohazali, mantiqiy munosabatda bo’lish ustun tursa, boshqalarida obrazli
emosional munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning har ikkisi ham
mujassamdir. V.P.Yagunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis
qilishda quyidagi ko’rsatkichlarni mezon tariqasida oladi, chunonchi a) idrok etish
va xotiraning aniqligi; b) emosional ta'sirchanlik; v) tasavvurning kuchi va jonli
tilni his qilish kabilar.
S.P Kudryavseva tadqiqotida ilk o’spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga
ajratiladi, ya'ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni
tushunchalar asosida tahlil?ilishning o’sganligiga e'tibor qilinadi. Ikkinchi tipda
adabiy asarlarni o’qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish,
ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1)Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi
qobiliyatiga matematik ob'ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib
idrok qilish matematik materialga o’ziga xos "yig’ma" analitik-sintetik ishlov
berish qobiliyati qayd qilish lozim
2)Qobiliyatli o’quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a)miqdoriy va fazoviy
munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash
qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik
mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g)
fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda
ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo’ladigan tashqi
alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha bular quyidagilardir:
1)o’quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim majbur qilmasdan, o’zining bo’sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shug’ullanishga moyillik;
329
2)muayyan matematik ko’nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda o’zlashtirish qobiliyati; 3)matematikani o’zlashtirish sohasida tez siljib borish; 4)matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. Mamlakatimiz psixologi