64
Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak-atrofdagi muhit bilan
belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun
insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois "faoliyat",
"faollik", "xatti-harakat" tushuncha-larining mazmun mohiyatini anglab olish
lozim. Shunga ko’ra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta'riflarga
asosiy e'tiborni qaratish lozim.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida:
"Faoliyat
- kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki
(psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir" -deb ta'riflanadi. M.G.Davletshin
muallifligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lug’atida:
"Faollik
- tirik
materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirida
namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta'sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan
tavsiflanadi"-deya
ta'riflangan.
Faoliyat
- insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli,
paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta
qurishga yo’naltirilgan faolligidir.
Harakat
- maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga
oshiriladigan harakatlar yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari
va motivlaridan biridir.
Q.Turg’unovning "Psixologiya" terminlarining qisqacha ruscha-o’zbekcha
izohli lug’atida:
Faollik
- shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni
o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz
bo’lib, kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod
kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi"- deb ko’rsatiladi.
Faoliyat
- inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining
ro’yobga chiqish shakli. harakat - maqsadga muvofiq yo’nal-tirilib, ongli ravishda
amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va
motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida quyidagicha ta'riflar
uchraydi:
Dostları ilə paylaş: