umumiy sug‘urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada;
hayotni sug‘urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada;
majburiy sug‘urta bo‘yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada;
faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent summada.
Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtalovchilar) 2010-yilning 1
yanvarigacha bo‘lgan muddatda ustav kapitali miqdorlarini yuqorida ko‘rsatilgan
talablarga muvofiqlashtirilishi talab etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligiga Davlat soliq qo‘mitasi
bilan
birgalikda 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab mazkur ustav kapitalining eng kam
miqdorlarning yuqoridagi talablariga javob bermaydigan sug‘urtalovchilarning
litsenziyalari amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha
choralar ko‘rsish yuklatilgan.
Sug‘urtalovchilarning firma nomida ilgari tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning nomi
bilan
bir xil yoki ular bilan chalkashtirib yuboriladigan darajada o‘xshash belgilar
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urtalovchilarning filiallari, shuningdek unitar
korxona shaklida boshqa sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan
sug‘urtalovchilarning nomlari bundan mustasnodir.
Huquqiy jihatdan sug‘urta tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda
tutilgan, uning hududida sug‘urta faoliyatini (sug‘urta shartnomalarini tuzish; sug‘urta
zahiralari va fondlarini shakllantirish; vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini daromadli
obyektlarga, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish va boshqalar) amalga oshiruvchi har
qanday tashkiliy-huquqiy shaklning asoslangan strukturasini tashkil qilishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlarining resurslari va aylanma mablag‘lari to‘la mustaqil hisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotlari boshqa sug‘urta tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini qayta
sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash asosida qurishlari mumkin.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda sug‘urta ishini monopollashuvini oldini
olish maqsadida quyidagicha tartib qo‘llaniladi: sug‘urtaning bir sohasida o‘n va o‘ndan
ortiq raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishi kerak, shu bilan birga ularni eng yirigining
ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 31 % dan, ikkitasiniki – 44
% dan, uchtasiniki – 54 % dan va to‘rttasiniki – 64 % dan oshmasligi kerak. Agar bunday
mutanosiblik buzulgidek bo‘lsa, u holda davlat tegishli sug‘urtalovchilarga iqtisodiy
sanksiyalar qo‘llaydi va sug‘urta bozoridagi ishtirokini chegaralab qo‘yadi.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi, bundan tashqari,
sug‘urta
tashkilotlarining sug‘urta xizmatlari bozorini bo‘lishib olish bo‘yicha til biriktiruvlari,
kelishuvlari va boshqa harakatlarini, raqobatni chegaralash yoki boshqa tashkilotlarni
sug‘urta bozoriga kirishiga qarshiliklarni oldini olish hisoblanadi. G‘irrom raqobat vosita
va usullari (sug‘urta tariflarini sun’iy ravishda ko‘tarish yoki tushirish,
sug‘urtalanuvchini sug‘urta turi shartlari yoki o‘z raqobatchilarining moliyaviy holati
to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot berish orqali chalg‘itishga urinishlar)ni qo‘llashga yo‘l
qo‘yilmaydi.
"Sug‘urta asoslari"
Dostları ilə paylaş: