ish haqida, balki m ehnat harakatchanligi darajasida ham
farqlarni tushuntiradi. Biroq mazkur nazariya "signallari"
(diplomlar, litsenziyalar)
hamma vaqt ham yuqori unum-
dorlikni bildirmasligini va u ham, o‘z
navbatida, har doim
ham mehnat haqi to‘loviga bevosita ta’sir etmasligini
hisobga
olmaydi. M ehnat haqi egallagan lavozimga,
ish joyining
nufuziga bog‘liq.
Umuman olganda m a’lumotdagi farqlarga ish haqidagi
umumiy tengsizlikning 25 foizga yaqini to‘g‘ri keladi.
Ishlab chiqarish tajribasi ko‘rsatkichi ham xuddi shunday.
Ta’limga kiritilgan yana bitta muhim omillardan biri-bir yilda
ishlangan hafialar soni. Ushbu uchta o ‘zgaruvchi ko‘rsatkich
— m a’lumot, tajriba va ishlangan haftalar sonining ta’siri
bilan Minser mehnat daromadlari darajasidagi farqlarini 60%
ni izohlaydi.
Inson kapitaliga investitsiyalarning
ahamiyati jismoniy
kapitaliga ana’naviy investitsiyalarga nisbatan AQSHda 1970—
1990- yillar mobaynida muttasil o ‘sib bordi.
Buni 14.29-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. Jad-
valda ko‘rinishicha, ma’lumotga xarajatlar jismoniy kapitalga
investitsiyalarning yarmidan oshdi, 1990- yilda sog‘liqni saq-
lashga xarajatlar ulardan yuqori bo‘ldi, inson kapitaliga inves-
titsiyalar esa jismoniy kapitalga investitsiyalardan uch barobar
oshdi.
14.29- jadval.
AQShda insonga investitsiyalar va ishlab chiqarishga
kapital qo‘yilmalarning o‘zaro nisbati
(ishlab chiqarish investisiyalariga % da)1
Soha
Dostları ilə paylaş: