T em peram entning eng m ash h u r turlafi (sangvinnik,
melanxolik, flegmatik va xolerik) miloddan awalgi asrdayoq
G ippokrat tom onidan joriy qilingan bo ‘lib, ulaming nomlari
hanuzgacha saqlanib qolgan, lekin mazmuni o ‘zgargan.
Temperament —
shaxsning o ‘ziga xos xususiyatlari
majmuidan iborat bo‘lib, ular inson faoliyatining dinamik va
hissiy
tomonlarini, shuningdek, xulq-atvorini aks ettiradi va
quyidagicha namoyon b o ‘ladi:
• xoleriklarda — shiddatli reaksiyalar, ochiqlik, kayfi-
yatning keskin almashinuvi, beqarorlik
va um um iy hara-
katchanlik bilan namoyon bo ‘ladi;
• rasionallik — (xatti-harakatlarning to^g'riligi) bilan
ifodalanadi;
• flegmatiklarda — sustkashlik, barqarorlik, biqiqlik,
hissiy holatini tashqariga unchalik namoyon qilmaslik, m u-
lohazalarining mantiqiyligi bilan ajralib turadi;
• melanxoliklarda —
beqarorlik, osongina ta ’sirlanish,
odamlarga qo‘shilmaslik, hatto arzimas narsa va voqealardan
ham chuqur kuyinishi bilan ajralib turadi;
• sangvinniklarda — h a ra k atc h an lik , taassu ro tlarn i
almashtirib turishga moyillik, ta'sirchanlik, odamshavandalik
bilan ajralib turadi.
T em peram entning sanab o ‘tilgan
bu xillari nisbatan
barqaror bo‘lib, m uhit va tarbiya ta ’sirida o ‘zgarishlarga kam
bo ‘ysunadi. Shu bilan birga ular shaxsning m azmun tomonini,
qadriyatlari va ehtiyojlarini ifodalamaydi.
Insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning xulq-atvorini
tushuntirib beradigan nazariyalar ko‘proq rivoj topdi. Bunday
nazariyalaming eng mashhur mualliflari A. Maslov, E. Kant,
D. Mak Klelland, F. Gersburg va boshqa bir qator olimlardir.
Shaxsning ehtiyoji — insonda harakatga intilishni vujudga
keltiruvchi biror-bir narsaning yo‘qligini anglashdir. Uning
normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur
b o ‘lsa, xotin-qizlarga esa ulam ing ko ‘zga
tashlanib turishi
uchun chiroyli bezaklar darkor.
Inson ehtiyojlarining miqdori va xilma-xilligi nihoyatda
katta bo‘lib, boshlang‘ich ehtiyojlar ajratib ko‘rsatiladi. Bular
inson fiziologiyasi tom onidan vujudga keltiriladigan oziq-
156
ovqatga, havo, uyqu, hirsiy b o ‘lgan ehtiyojlar b o ‘lib, ular
insonning biologik tur sifatida mavjud bo ‘lishini ta ’minlaydi.
Ikkilamchi ehtiyojlar hayotiy tajribani rivojlantirish va
hosil qilish jarayonida paydo b o ‘ladi. U lar birlam chi eh-
tiyojlardan ancha farq qilib (xilma-xil bo ‘lib), shaxsning psi
xologik rivojlanishiga, turm ush sharoitiga, jamiyatda, guruhda
qabul qilingan ijtimoiy normalarga bog‘liqdir (7.11- sxema).
Shaxs ehtiyojlarining butun xilm a-xilligi uning faoli-
yatining
manbaini, sababini tashkil etadi. Sabab — insonning
nima uchun harakat qilishini ko‘rsatuvchi, faoliyatga ichki
undovchi narsa b o ‘lib, u muayyan ehtiyojlami qondirish bilan
bog'liqdir.
Qiziqish — shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish
ehtiyojining namoyon bo ‘lish shakli bo‘lib, bu narsa ijobiy
his-tuyg‘u uyg‘otishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: